Ayrim qonun hujjatlariga tergov sudyalari tomonidan jinoyat işlari böyiça sudga qadar iş yuritiş bosqiçida protsessual qarorlarga sanksiya beriş va ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş masalalarini qonunçilikda belgilaş maqsadida özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarga köra, tergov sudyasining vakolatlari belgilanib, tergov sudyasi yakka özi iş tutib, Kodeksda nazarda tutilgan tartibda sudga qadar iş yuritiş bosqiçida şaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişi ustidan sud nazoratini amalga oşiradi.
Şuningdek, tintuv ötkaziş töğrisida iltimosnoma qözğatiş hamda uni körib çiqiş asoslari belgilandi.
Bunda, tintuv ötkaziş uçun asoslar mavjud bölgan taqdirda prokuror, tergovçi yoki suriştiruvçi tintuv ötkaziş töğrisida iltimosnoma qözğatiş haqida uni ötkaziş uçun asoslarni bayon etgan holda qaror çiqaradi.
Telefonlar va boşqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan sözlaşuvlarni eşitib turişni, ular orqali uzatiladigan axborotni olişni amalga oşiriş töğrisidagi iltimosnomani körib çiqiş asoslari belgilandi.
Bundan taşqari, mol-mulkni xatlaş töğrisidagi iltimosnomani körib çiqiş tartibi belgilandi. Bunda, mol-mulkni xatlaş töğrisidagi iltimosnoma suriştiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat işlari böyiça tuman (şahar) sudining tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda körib çiqiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.







