Şimoliy Koreya taşqi tahdidlar soni ortib borayotgani sabab yadroviy qarama-qarşilikka tayyorligini oşirişi kerak. Bu haqda KXDR yetakçisi Kim Çen In ma’lum qildi, deb xabar beradi Koreya Markaziy telegraf agentligi.
Qayd etilişiça, Kim Çen In yadroviy materiallar işlab çiqariş bazasi va yadroviy qurol tadqiqot markaziga taşrifi davomida uşbu mavzuni kötargan. Uning aytişiça, yadroviy materiallar işlab çiqariş rejasini yanada oşiriş va «mamlakatning yadroviy qalqonini mustahkamlaşda novatorlik natijalariga erişiş» kerak.
Kim Çen Inning ta’kidlaşiça, respublikaning mazkur yönalişdagi potensiali «kundan kunga mustahkamlanib bormoqda».
«Milliy suverenitet, manfaatlar va rivojlaniş huquqini işonçli kafolatlaydigan yadroviy qalqonni muntazam ravişda mustahkamlab boriş juda muhim», — deydi KXDR yetakçisi. Şuningdek, u milliy nufuzni oşiriş va milliy manfaatlar himoyasi uçun xavfsizlikning yangi xatarlariga strategik tayyorgarlik köriş zarurligini qayd etgan.
Eslatib ötamiz, Şimoliy Koreya 14 yanvar kuni Yapon dengizi tomon bir neçta qisqa masofali ballistik raketalarni uçirgan edi. Öşanda raketalar dengizga tuşişdan oldin taxminan 250 kilometr uçib ötgandi.








