Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilişning zamonaviy mexanizmlarini joriy etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, ma’muriy sudlar faoliyatiga quyidagi tartiblar joriy etiladi:
- qarori, harakati (harakatsizlik) ustidan şikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor şaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy iştirok etişini ta’minlaş;
- ma’muriy sud iş yurituvida işlarning tezkor va sifatli körib çiqilişini ta’minlaşga hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga öz huquqlarini himoya qiliş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga qaratilgan dastlabki eşituv institutini joriy etiş.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqiladi:
- davlat organi mansabdor şaxsi yoki uning vakili ma’muriy sudning majlisida majburiy iştirok etişini ta’minlaş;
- ma’muriy sud iş yurituvida dastlabki eşituv institutini joriy etiş;
- ma’muriy sudga nizolarni hal etiş jarayonida sudga hurmatsizlik qilinişi va sudning xususiy ajrimi böyiça çoralar körmaslikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda, ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni köriş vakolatini beriş.
2025 yil 1 maydan tadbirkorlar tomonidan tan olingan soliqqa oid huquqbuzarliklar böyiça soliq organi tomonidan uşbu tadbirkorning banklardagi hisobvaraqlari böyiça operatsiyalarni töxtatib qöyiş tartibi joriy etiladi.







