Prezident tomonidan 2026-yil 14-avgustda imzolangan ÖRQ–1165-son qonun bilan sudlar faoliyatiga oid ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Qonunga muvofiq, ma’muriy sudlar işlarni muhokama qiliş jarayonida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlarini aniqlasa, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 180- va 181-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar böyiça işlarni körib çiqişi mumkin.
Şuningdek, Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksga «işonçning huquqiy himoyasi» prinsipi kiritildi. Unga köra, manfaatdor şaxsning ma’muriy organ qaroriga nisbatan qonun bilan qöriqlanadigan işonçi himoya qilinadi.
Qonun bilan ma’muriy sudlarda dastlabki eşituv instituti ham joriy etildi. Ma’muriy organlar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va ular mansabdor şaxslarining qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi yuzasidan nizolaşiş töğrisidagi işlarni sud muhokamasiga tayyorlaşda dastlabki eşituv ötkaziladi.
Sudya dastlabki eşituvni ariza sudga kelib tuşgan kundan boşlab 20 kundan keçiktirmay ötkazişi kerak.
Dastlabki eşituvda arizaçining talablari va javobgarning e’tirozlari aniqlaştiriladi, arizadagi kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari köriladi. Şuningdek, zarur dalillarni taqdim etiş böyiça tuşuntiriş berilib, talablar va işdagi dalillarga dastlabki huquqiy baho beriladi.
Dastlabki eşituv natijasida sud arizani körmasdan qoldiriş, kelişuv bitimini tasdiqlaş yoki işni sud muhokamasiga tayinlaş töğrisida ajrim çiqarişi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.







