«Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini körsatiş bilan boğliq ma’muriy hujjatlar böyiça nizolarni sudgaça körib çiqişning yangi tartibini joriy etiş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, davlat xizmatlarini körsatişdagi qonunçilikka muvofiq bölmagan ma’muriy hujjatlarini sudgaça bölgan bosqiçda apellyatsiya kengaşlari tomonidan körib çiqiş tartibi joriy etilmoqda.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Davlat xizmatlarini körsatiş böyiça ma’muriy hujjatlarning qonunçilikka muvofiqligini sudgaça körib çiqiş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizom;
- Adliya vazirligi va Toşkent şahar adliya boşqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengaşlarining namunaviy tarkibi.
Apellyatsiya kengaşi Vaqtinçalik nizomda nazarda tutilgan 20 dan ortiq davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilingan ma’muriy hujjatlarning qonunçilik hujjatlariga muvofiqligini sudgaça körib çiquvçi yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan kollegial organ hisoblanadi.
Adliya vazirligi va Toşkent şahar adliya boşqarmasi apellyatsiya kengaşlari işçi organlari hisoblanadi.
Apellyatsiya kengaşlari ma’muriy hujjatlarni sudgaça körib çiqiş orqali ularni qisman yoki töliq bekor qiliş, şuningdek, ma’muriy hujjatlarga özgartiriş kiritiş böyiça ma’muriy organga majburiyat yuklaş haqida qarorlar qabul qiliş vakolatiga ega.
Apellyatsiya kengaşlari öz faoliyatini davlat organlari, boşqa taşkilotlar va mansabdor şaxslardan mustaqil ravişda amalga oşiradi.
Apellyatsiya kengaşlari tomonidan şikoyatlar bepul qörib çiqiladi. Apellyatsiya kengaşlariga şikoyat qiliş ixtiyoriy, bu fuqarolarning bevosita sudga murojaat qiliş huquqini çeklamaydi.
Apellyatsiya kengaşlariga davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali şikoyat qiliş mumkin.
Apellyatsiya kengaşlari şikoyat böyiça quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
- ma’muriy hujjatni özgartirişsiz öz kuçida qoldiriş;
- ma’muriy hujjatga özgartiriş kiritiş böyiça vakolatli organga majburiyat yuklaş;
- ma’muriy hujjatni qisman yoki töliq bekor qiliş hamda vakolatli organ tomonidan davlat xizmatini körsatiş böyiça arizani qayta körib çiqiş.








