2026-yil 14-avgustda qabul qilingan ÖRQ–1165-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Qonun bilan iqtisodiy sudlarning ma’muriy boşqaruv tizimini soddalaştirişga qaratilgan özgartirişlar nazarda tutilgan.
Şuningdek, ma’muriy sudlar işlarni körib çiqiş jarayonida ma’muriy huquqbuzarlik holatlarini aniqlasa, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni ham körib çiqişi belgilandi.
Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksga işonçning huquqiy himoyasi prinsipi ham kiritildi.
Yana bir muhim yangilik - ma’muriy sudlarda dastlabki eşituv instituti joriy etildi.
Unga köra, ma’muriy organlar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari hamda ular mansabdor şaxslarining qonunçilikka mos kelmaydigan va şaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi yuzasidan nizolaşiş töğrisidagi işlarni sud muhokamasiga tayyorlaş jarayonida dastlabki eşituv ötkaziladi.
Sudya dastlabki eşituvni ariza sudga kelib tuşgan kundan e’tiboran 20 kundan keçiktirmay ötkazişi kerak.
Dastlabki eşituv vaqtida sudya arizaçining talablari va javobgarning e’tirozlarini aniqlaştiradi, arizadagi kamçiliklarni bartaraf etiş çoralarini köradi.
Bundan taşqari, arizaçiga zarur dalillarni, javobgarga esa öz fikrini yozma ravişda taqdim etiş böyiça tuşuntirişlar beriladi. Sudya arizadagi talablar va iş böyiça mavjud dalillarga dastlabki huquqiy baho ham beradi.
Dastlabki eşituv yakunlari böyiça arizani körmasdan qoldiriş, kelişuv bitimini tasdiqlaş yoki iş böyiça sud muhokamasini tayinlaş töğrisida ajrim çiqariladi.







