Suhbat çoğida asosiy e’tibor mazkur savdo majmuasida mehnat qilayotgan yurtdoşlar haq-huquqlari himoyasini ta’minlaş, ular uçun munosib mehnat şaroitlarini yaratiş va mamlakatimizdan turli meva-sabzavotlarni Novosibirsk bozorlariga yetkazib beriş masalalari muhokama qilindi.

Rossiya tomoni bugungi kunda Novosibirsk bozorida Özbekiston meva-sabzavotlarining uluşi 80-82 foizni taşkil etişini, bu Novosibirsk şahri va viloyatining barça hamkor davlatlari orasida yuqori körsatkiç ekanligini bildirdi. "Özbekiston meva-sabzavotlarining yuqori sifatiga alohida e’tibor qaratiş lozim. Şuningdek, hozirda markazda savdo töğridan töğri Özbekistondan sabzavot va mevalar olib kelinayotgan yuk maşinalarida amalga oşirilmoqda. Uşbu yönalişdagi işlarni yanada kengaytirişga tayyormiz", dedi Dmitriy Zyablov.

Mazkur savdo majmuasida işlayotgan yurtdoşlar bilan keçgan suhbat çoğida ularning huquqlari buzilgan taqdirda Boş konsulxonaga murojaat qiliş zarurligi ta’kidlandi. Şuningdek, Rossiya hududida qonuniy böliş uçun barça zarur hujjatlar öz vaqtida rasmiylaştirilişi şartligi qayd etildi.