Toşkentda 2004 yilda tuğilgan Indira ismli qizni öğirlamoqçi bölgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Toşkent şahri IIBB xabar berdi.

Qayd qilinişiça, öğirlik 1994 yilda tuğilgan Amal ismli yigit tomonidan uyuştirilgan. Unga yana 3 nafar yigit yordamlaşgan. Xabarda hodisa qaçon va qayerda sodir bölgani, şuningdek, öğirlik sabablariga aniqlik kiritilmagan.

Qizning aytişiça, «birinçi öğirlik» uyi yonida yuz bergan. Mixail ismli yigit uni çalib yiqitgan. Amal maşinada rulda ötirgan, uning yonida Usmon va Umid ismli yigitlar bölgan.

Qayd qilinişiça, holat böyiça Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam öğrilaş) va 138-moddasi (Zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) bilan jinoyat işi oçilib, öğirlikni uyuştirganlarning barçasi qamoqqa olingan.