Yevropa Çempionlar Ligasida umumiy guruh bosqiçi yakunlandi. 

Sönggi turdagi asosiy intrigalardan biri «Mançester Siti»ning keyingi bosqiçga çiqiş-çiqolmasligi edi va Gvardiola jamoasi irodali ğalaba bilan vazifani uddaladi.

«Real», «Bavariya», «Milan» va «Yuventus» kabi top klublar ham ötiş bosqiçida, ya’ni 1/16 finalda öynaydigan böldi. E’tiborlisi, şu bosqiçdayoq «Siti» «Real» yoki «Bavariya»ga töqnaş keladi. Bunisi 31 yanvar kungi qur’ada ma’lum böladi. 

«Lill» va «Aston Villa» esa töğridan töğri nimçorakfinal masalasini hal qildi. 

Şu tariqa quyidagi 8 jamoa 1/8 finalga töğridan töğri yöl oldi: «Liverpul», «Barselona», «Arsenal», «Inter», «Atletiko», «Bayyer», «Lill» va «Aston Villa». 

Keyingi 16 jamoa 1/8 finalga ötiş uçun qöşimça pley-off bosqiçida qatnaşişadi: «Atalanta», «Borussiya D», «Real», «Bavariya», «Milan», PSV, «PSJ», «Benfika», «Monako», «Brest», «Feyyenoord», «Yuventus», «Seltik», «Mançester Siti», «Sporting» va «Bryugge». 

24-örindan pastdagi jamoalar uçun  esa turnir yakunlandi. 

YeÇL. 8-tur. 29 yanvar
Mançester Siti — Bryugge 3:1
Gollar: Kovaçiç (53), Ordones (62, avtogol), Savinio (77) — Onidika (45). 
Mançester Siti – Ederson, Gvardiol, Akanji, Stounz, Nuneş, Gundöğan (Savio, 46), Kovaçiç, Foden, de Bryuyne (Lyuis, 81), Silva, Holand.
Bryugge – Miniole, de Keyper, Mexele, Ordones, Seys, Yaşari, Nvadike, Tsolis (Vetlesen, 70), Vanaken, Talbi (Skuras, 70), Judjla (Vermant, 71).

PSV — Liverpul 3:2
Gollar: Bakayoko (35), Saybari (45), Pepi (45+6) — Gakpo (28, penalti), Elliot (40). 
PSV – Benites, Mauro Junior, Boskalli, Obispo (Nagalo, 76), Karsdorp (Ledesma, 66), Saybari (Driauyex, 76), Verman, Lend, Bakayoko, Til, Pepi (de Yong, 76).
Liverpul – Kelleher, Tsimikas, Roberson (Nioni, 64), Kuansa, Bredli, Makkonnell, Endo, Elliot, Gakpo (Morton, 52), Denns (Nallo, 83), Keza.
Ogohlantirişlar: Verman (45+3), Karsdorp (45+3), Roberson (45+5), Morton (63), Elliot (66).