Özbekiston va Ozarboyjonning tegişli vazirlik va idoralari vakillari örtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini çegaradan ötiş uçun rasmiy hujjat sifatida tan oliş imkoniyati muhokamasiga bağişlangan onlayn uçraşuv taşkil etildi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.
Qayd qilinişiça, bu çora sayohatlarni yengillaştiriş va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Tomonlar fuqarolar harakatini soddalaştiriş, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan uşbu qadam muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan.
ID-kartalardan foydalaniş Özbekiston va Ozarboyjon fuqarolariga xorijga çiqiş pasportini olmasdan turib çegarani kesib ötiş imkonini beradi, bu esa sayohat qiliş qulayligini oşiradi va mamlakatlar örtasidagi integratsiyani mustahkamlaydi.
Şuningdek, mazkur qarorning qabul qilinişi Özbekiston va Ozarboyjon örtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirişga ijobiy ta’sir körsatişi kutilmoqda.











