AQŞ Venesuelada hibsga olingan olti nafar fuqarosini ortga qaytarmoqda. Bu haqda prezident Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoği orqali ma’lum qildi, deb yozadi Associated Press.

Trampning maxsus vakili Richard Grenell Karakasga safari yakunlari böyiça ozod etilgan amerikaliklar prezident bilan gaplaşganini ma’lum qildi.

«Biz allaqaçon yölga çiqdik va olti nafar amerikalik bilan uyga otlanmoqdamiz», — deb yozadi Grenell X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasiga. U samolyot bortida ketayotgan olti kişining suratini e’lon qilgan.

AQŞ prezidentining maxsus vakili 31 yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan muzokaralar ötkazdi. Venesuela TIV ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinganini bildirdi. Muzokaralar özaro hurmat muhitida ötgan. Davlat departamentiga köra, noqonuniy migrantlarni Venesuealaga qaytariş va Amerika fuqarolarini ozod etiş masalasi muhokama qilingan.

Donald Tramp amerikaliklarning ozod etilişidan oldin Jo Bayden ma’muriyatini «Venesueladan million barrel neft» sotib olgani uçun tanqid qilgandi. U «bunday ahmoqlikning takrorlanişiga» yöl qöymasligini ta’kidlagan.