Donald Tramp Qöşma Ştatlarni BMT Inson huquqlari kengaşi va BMTning Yaqin Şarqdagi Falastinlik qoçqinlarga yordam işlari agentligi (UNRWA) tarkibidan çiqariş haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda 4 fevral, seşanba kuni Oq uy matbuot xizmati, şuningdek, AFP va dpa agentliklari xabar berdi.
Oq uy: BMTda «Amerikaga qarşi tarafkaşlik» hukmron
AFP ta’kidlaganidek, Trampning farmoni AQŞning BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (YuNESKO)dagi iştirokini qayta körib çiqişni ham nazarda tutadi. Agentlik Oq uyning yangi kotibi Uill Şarfning BMT institutlarida «Amerikaga qarşi tarafkaşlik» haqidagi gapidan iqtibos keltiradi.
«Umuman olganda, farmon mamlakatlar örtasidagi katta tafovutlar va moliyalaştiriş darajasidan kelib çiqib, AQŞ tomonidan BMTga ajratilayotgan mablağlarni qayta körib çiqişni talab qiladi», — deya qöşimça qildi Şarf.
«Men doimo Birlaşgan Millatlar Taşkilotining katta salohiyatga ega ekanligini his qilganman. Ammo hozir u bu salohiyatga mos kelmayapti, - dedi Donald Tramp hujjatni imzolar ekan. - U unçalik yaxşi işlamayapti va u öz işini qilmayapti».
AQŞ UNRWA uçun eng yirik donor edi
Isroil 2023 yil 7 oktyabrda Hamasning Isroilga hujumiga aloqadorlikda ayblaganidan söng, Jo Bayden davrida AQŞning UNRWA'ni moliyalaştirişi 2024 yil yanvarida töxtatilgan edi. Şu bilan birga, AQŞdan keyin yana öndan ortiq rivojlangan davlatlar, xususan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Avstraliya UNRWA'ni moliyalaştirişni töxtatdi. Kanada, Şvetsiya va Italiya tölovlarni bekor qildi, ammo keyinroq tölovlarni qayta boşladi.
Ilgari Qöşma Ştatlar UNRWA'ning eng yirik donori bölib, har yili 300-400 million dollar ajratgan. Trampning 2017-2021 yillardagi birinçi muddati davomida u UNRWA'ni moliyalaştirişni töxtatib qöygan edi.








