Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov elektromobillarga utilizatsiya yiğimi miqdorini oşiriş töğrisida qaror imzoladi.
2025 yil 1 maydan e’tiboran, işlab çiqarilganiga 3 yildan oşmagan elektromobillar uçun BHMning 120 baravari (45 mln söm) miqdorida utilizatsiya yiğimi undiriladi. Bu – amaldagi yiğim miqdori (30 BHM, 11 mln 250 ming söm)dan 4 barobarga köp.
Işlab çiqarilganiga 3 yildan oşgan elektromobillar uçun esa utilizatsiya yiğimi miqdori BHMning 210 baravari (78,75 mln söm) deb belgilanadi. Bu – amaldagi yiğim miqdori (90 BHM, 33 mln 750 ming söm)dan 2,3 barobarga köp.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda uşbu qarorda belgilangan utilizatsiya yiğimlarini yiğiş hamda ulardan samarali foydalaniş tartibini işlab çiqadi.
Qarorda yozilişiça, hujjat “mamlakatda yaşil texnologiyalardan foydalanişni kengaytiriş, elektromobillarning yaroqsiz holga kelib qolgan batareyalarini atrof-muhitga keskin zarar yetkazmagan holda utilizatsiya qilişni ta’minlaş hamda sohada mahalliylaştiriş işlarini yanada jadallaştiriş maqsadida” qabul qilingan.
Özbekistonda 2025 yildan elektromobil akkumulyatorlari uçun utilizatsiya yiğimi joriy etiş taklif qilinayotgani ötgan yilning oktyabrida ma’lum bölgandi.








