Suriyaning vaqtinça prezidenti Ahmad aş-Şar’a va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqarada uçraşuv ötkazadi. Tomonlar Suriya markazida Turkiya aviabazalari taşkil etiş hamda Suriyaning yangi armiyasini öqitişni ham öz içiga oluvçi qöşma mudofaa paktini muhokama qilişi kutilmoqda.
Avvalroq aş-Şar’a Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon va Qatar amiri şayx Tamim ibn Hamad Ol Soniy bilan uçraşgandi.
Mudofaa sohasidagi bölajak muzokaralar haqida Reuters agentligi tört manba, jumladan Suriya xavfsizlik xizmati xodimiga (rasmiy bayonot berişga vakolati yöqligi tufayli anonimlik şarti bilan ma’lumot berişga rozi bölgan) tayanib xabar bergan.
Manbalarning sözlariga köra, yangi pakt Suriya markaziy qismidagi Badiya sahrosida turklarning ikkita aviabazasi taşkil etişni öz içiga olişi mumkin.
Bu kelişuv Turkiyaga Suriya havo hududidan harbiy maqsadlarda foydalaniş va Suriyaning yangi armiyasi qöşinlarini tayyorlaşda yetakçi rol öynaş imkonini beradi (Suriyaning yangi rahbariyati armiya va turli isyonçi guruhlarni tarqatib yubordi va ularni yangilangan harbiy qömondonlik ostida birlaştiriş ustida işlamoqda).
Suriya prezidentining rasmiy vakili Reuters agentligiga aytişiça, Aş-Şar’a Erdöğan bilan «Turkiya tomonidan yangi Suriya armiyasini tayyorlaş, şuningdek, hamkorlikning yangi sohalari»ni (aynan qanday sohalar ekaniga aniqlik kiritilmagan) muhokama qiladi.
Turkiya prezidentining jamoatçilik bilan aloqalar böyiça direktori Faxriddin Oltin duşanba kuni Erdöğan va aş-Şar’a Suriyadagi sönggi voqealar va Suriya iqtisodiyotini tiklaş hamda mamlakatda barqarorlik va xavfsizlikka erişiş böyiça mumkin bölgan qöşma çora-tadbirlarni muhokama qilişini aytdi.
NATO a’zosi bölgan Turkiya uzoq vaqtdan beri Suriyadagi qurolli va siyosiy muxolifatni qöllab-quvvatlab kelgan. Anqara Asadning mintaqadagi asosiy ittifoqçisi Eron ketişi bilan yuzaga kelgan böşliqni töldiriş va öz ta’sir doirasini kengaytiriş orqali yangi Suriyada muhim rol öynaşga intilmoqda. Bu, öz navbatida, Fors körfazidagi arab davlatlari bilan raqobatga olib kelişi va Isroilni sergak torttirişi mumkin, deya qayd etadi Reuters.
Suriya şimoli-ğarbida joylaşgan, 2017 yildan buyon aş-Şar’a boşçiligidagi koalitsiya tomonidan boşqarilgan Idlib anklavida Turkiyaning harbiy mavjudligi sezilarli darajada bölib, uning şimolida Turkiya harbiy bazalari joylaşgan.
Dekabr oyida Turkiya mudofaa vaziri Yaşar Guler Anqara «agar [Suriyaning yangi] ma’muriyati buni söraydigan bölsa, kerakli yordamni körsatişga tayyorligi»ni aytgan.











