Avstraliya davlat ixtiyorida bölgan barça qurilmalarda Xitoyning DeepSeek sun’iy intellektidan foydalanişga taqiq joriy etdi, deb xabar beradi Bild. Şaxsiy gadjetlar uçun hozirça çeklovlar yöq, ammo hukumat xavfsizlikka jiddiy tahdidlardan ogohlantirmoqda.

«Hukumat milliy xavfsizlik va mamlakat manfaatlarini himoya qiliş uçun tez va keskin harakat qilmoqda», — deydi Avstraliya içki işlar vaziri Toni Byork.

DeepSeek — ÇatGPT’ning xitoyça muqobili bölib, 2025 yil 10 yanvar kuni taqdim etilgandi. Işlab çiqaruvçining ma’lum qilişiça, ularning texnologiyasi ğarbdagi raqobatçilaridan qolişmaydi, ammo ulardan ança arzonga tuşadi. Ammo ekspertlarning ogohlantirişiça, foydalanuvçilarning barça ma’lumotlari Xitoy serverlarida saqlanadi.

Kiberxavfsizlik böyiça avstraliyalik mutaxassis Dana Makkeyning ta’kidlaşiça, töplangan ma’lumotlardan nafaqat jinoyatlarni tergov qilişda, balki iqtisodiy josuslikda ham foydalaniş mumkin.

Bundan taşqari, DeepSeek’da kuçli senzura mavjud. Masalan, u 1989 yilda Tyananmen maydonida sodir bölgan voqealar, Si Jinping yoki Madaniy inqilobga oid savollarga javob bermaydi.

Avstraliyada DeepSeek’ning taqiqlanişi Xitoy texnologiyalariga qöyilgan çeklovlarning davomi böldi. 2018 yilda mamlakat özining 5G-infratuzilmasidan Huawei va ZTE’ni çiqarib taşlagan, 2023 yilda esa TikTok’ni potensial tahdid sifatida tan olgan edi. Endilikda AQŞ, Fransiya, Irlandiya va Janubiy Koreya ham DeepSeek’dan foydalanişni çeklaş çoralarini körib çiqmoqda.

Avvalroq OpenAI dasturçi kompaniyasi vakillari DeepSeek sun’iy intellekt kompaniyasini öğrilikda ayblagandi. Texnik mutaxassislarga köra, gap modellarni tayyorlaş uçun zarur vosita bölgan «distillaş» deb ataladigan vosita haqida ketmoqda.