Amerikaning USAID degan taşkilot haqida eşitgan bölsangiz kerak. Uning kengaytmasi United States Agency for International Development – ya’ni Qöşma Ştatlar xalqaro rivojlaniş dasturi. Jon Kennedi asos solgan bu taşkilot butun dunyodagi ehtiyojmand davlatlarga milliardlab dollar xayriya qiladi. Taşkilot yaqinda prezident Tramp uning ittifoqçisi Ilon Mask tomonidan biologik qurol işlab çiqariş va hatto terrorizmni qöllab-quvvatlaşda ayblandi.

Avvaliga USAID Ukrainaga barça yordamlarni töxtatişi e’lon qilindi. Uruş boşlanganidan buyon AQŞ bu taşkilot orqali Kiyevga 34 milliard dollar xayriya qilgandi. Öşanda köpçilik AQŞ Ukrainani muzokaraga undaş uçun bu davlatga har qanday yordamni töxtatdi deb öyladi. Lekin gap Ukrainada emaskan, AQŞ prezidenti Tramp butun dunyodagi davlatlarga iqtisodiy va harbiy yordamni töxtatib qöydi. Istisno tariqasida faqat bir davlatga harbiy yordam töxtatilmadi, tabiiyki Isroilga.

Asta-sekin AQŞning eng yirik xorijiy xayriya dasturi bölmiş USAID manziliga şu qadar jiddiy ayblovlar qöyildiki, ularni eşitib hayratdan yoqa uşlaysiz. Bu ayblovlar oddiy odamlar tomonidan aytilganda ham boşqa gap edi, kimsan AQŞ prezidenti Tramp va uning boş maslahatçisi Mask USAID böyniga dunyodagi barça gunohlarni ilib çiqişdi.

«Ular qança odamni öldirganini bilasizmi?»

Tramp saylovni yutganidan keyin uning asosiy maslahatçisiga aylangan dunyoning eng boy odami Ilon Mask USAIDʼni COVID-19 virusini yaratişni moliyalaştirişda aybladi.

«USAID siz tölagan dollarlar evaziga biologik qurol işlab çiqarişni, xususan, millionlab odamlar ölimiga sabab bölgan COVID-19 virusini yaratişni moliyalaştirganini bilasizmi?» deb amerikaliklarga murojaat qildi Mask Tvitterdagi sahifasida.

Keyin Mask foydalanuvçilardan birining USAID Markaziy razvedka boşqarmasiga tegişli soxta taşkilot ekani haqida yozgan tvitini ulaşdi. Bu foydalanuvçi USAID Xitoyning Uhan şahrida joylaşgan Eco Health Alliance laboratoriyasiga koronavirus ustida tadqiqot olib borişi uçun 53 million dollar ajratganini yozgan.

Şuningdek, milliarder «USAID dunyodagi eng yirik terrorçilik taşkiloti» deb yozilgan tvitlarni ham retvit qilgan. «USAID jinoiy taşkilot, uning öliş vaqti keldi», deb yozdi Mask navbatdagi postida.

CNN öz manbalariga tayanib yozişiça, bu mojaro boşlanişidan avval Ilon Mask USAID mulozimlaridan taşkilot boşqaruv tizimiga kiriş uçun vakolat söragan. Buni rad etişgaç USAIDʼning ikki yuqori martabali mulozimi muddatsiz ta’tilga çiqarib yuborilgan.