AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olişga order bergani uçun javob tariqasida Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS)ga qarşi sanksiyalar joriy etiş haqidagi farmonni imzoladi.
Tramp 6 fevral, payşanba kuni imzolagan farmonga köra, AQŞ fuqarolari va ittifoqçilari, şuningdek, ularning oila a’zolariga nisbatan sud tergovlarini qöllab-quvvatlovçi XJS rasmiylari AQŞ moliyaviy va viza çeklovlariga duçor böladi.
Hujjatda aytilişiça, XJS Qöşma Ştatlar va Isroilga qarşi «noqonuniy va asossiz harakatlar qilgan» va «qonuniy asoslarsiz yurisdiksiyasi haqida ma’lum qilib, AQŞ va uning ba’zi ittifoqçilari, jumladan Isroil fuqarolariga qarşi dastlabki tergov boşlagan». Şundan söng, Trampning sözlariga köra, sud «Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olişga asossiz orderlar» berib, «öz vakolatlarini yanada suiiste’mol qilgan».
Bundan taşqari, AQŞ prezidentining ta’kidlaşiça, na Vaşington, na Isroil XJS yurisdiksiyasiga kirmaydi. Uning fikriça, Haagadagi sudning harakatlari Qöşma Ştatlar suverenitetiga tajovuz qiladi va mamlakatning milliy xavfsizlik va taşqi siyosat sohasidagi işiga tahdid soladi.
AQŞ Vakillar palatasi XJSga qarşi sanksiyalarni ma’qulladi
2024 yil iyun oyida AQŞ Kongressining Vakillar palatasi Respublikaçilar partiyasi işlab çiqqan XJSga nisbatan sanksiyalar qöllaş töğrisidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson şundan söng uşbu hujjat sudning Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga oliş uçun order beriş haqidagi söroviga javob ekanligini ta’kidladi. «Qöşma Ştatlar Isroil tomonida qat’iy va xalqaro byurokratlarga Isroil rahbarlarini sodir etmagan jinoyatlari uçun sababsiz hibsga oliş uçun order berişiga yöl qöymaydi», — dedi siyosatçi.












