Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu AQŞga bir neça kunlik safar qildi. U dösti Tramp bilan uçraşuvni intizor bölib kutayotgandi. Bu taşrif Ğazoda öt oçişni töxtatiş rejimi amal qilayotgan vaqtga töğri keldi. Afsuski, uçraşuvda aytilgan gaplar Ğazo hali-beri tinçimaydi degan xulosaga kelişga undaydi...

Biz bu uçraşuvdagi kiçik, lekin muhim bir detalga töxtalamiz. Isroil boş vaziri Netanyahu amerikalik döstiga ikkita peyjyer sovğa qildi. Bitta oddiy va bitta oltin bilan bezatilganidan. Uçraşuvdan keyin Netanyahuning vakillari oltin bilan bezatilgan peyjyer suratini tarqatdi. Uning ostiga «Eng ajoyib döstimiz Donald Trampga boş vazir Binyamin Netanyahudan» deb yozilgan. Peyjyerda esa «Press with both hands» (ikki qöl bilan bosing) degan yozuv çiqib turibdi.

«Bu ajoyib operatsiya bölgandi»

Netanyahu Trampga nega peyjyer sovğa qilgani tuşunarli: Bibi şu orqali ötgan yil 17 sentabrdagi «Hizbulloh»ga qarşi ötkazilgan peyjyer operatsiyasiga işora qilgan. Öşanda Isroil maxsus xizmati Mossad «Hizbulloh» jangçilari qölidagi minglab peyjyerlarni masofadan turib kodli sms yuborib portlatib yuborgandi. Oqibatda kamida 37 kişi halok böladi, ular orasida bolalar ham bor. Uç mingdan ortiq odam yaralanadi.

Bibi bu sovğa bilan Trampni ajablantira olgan. Döstidan sovğani olayotganda Tramp «Bu ajoyib operatsiya bölgandi» deb aytgan. Öz navbatida AQŞ prezidenti isroillik döstiga ikkovlarining birgalikda tuşgan suratlarini sovğa qilgan. Uning ostiga «Buyuk yetakçi Bibiga» deb yozilgan. Uçraşuv davomida Netanyahu Trampni Oq uyda işlagan prezidentlar orasida Isroilning eng yaqin dösti deb atadi. Tramp Xalqaro jinoyat sudi Ğazodagi tinç aholini qirişda ayblab hibsga olişga order bergan döstini oğzidan bol tomib alqadi. Darvoqe, keyinroq döstiga qarşi order bergani uçun Haaga sudiga sanksiya ham kiritdi.

Bu qandaydir işorami?

Şu örinda Binyamin Netanyahu Trampga bekorga peyjyer sovğa qilmadi degan xayol köpçilikni tinç qöymayotgan bölsa kerak. Mayli, u amerikalik jörasiga maqtangisi keldi deylik, lekin buni hammaga oşkor qilib nima kerak? Isroil tomoni sovğaga juda urğu berayotganiga qaraganda Livandagi «Hizbulloh