AQŞ prezidenti Donald Trampning Xalqaro jinoiy sudga (XJS) qarşi sanksiyalar joriy etiş töğrisidagi qarori — xalqaro adolat tizimiga hujumdir, deydi Amnesty International xalqaro huquqni himoya qiliş taşkiloti boş kotibi Agnes Kallamar.
Kallamar öz bayonotida Trampning qaroriga munosabat bildirdi: «Isroil universal huquq tamoyillari va xalqaro adolatdan ustun turadigandek signal yuboriş, öylanmay qilingan harakatdir. Bu Tramp Isroil hukumati tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni ma’qullaşi va jazosilikni qöllab-quvvatlaşini körsatmoqda».
Trampning qarori asrlar davomida xalqaro hamjamiyat tomonidan yaratilgan «xalqaro adolat tizimiga hujum» ekanini ta’kidlagan Kallamar uşbu sanksiyalarni «insoniyaga nisbatan yana bir xoinlik», deb atadi.
Uning qayd etişiça, AQŞ xalqaro huquqqa oid jinoyatlarda aybdor bölganlarning adolatdan qoçişiga yöl qöymaslik uçun yaratilgan institutni jazolaşga tayyor.
«Biror-bir inson xalqaro jinoyati uçun javobgarlikdan ozod bölmasligi kerak. Xususan, uşbu pozitsiya Trampning siyosiy alyanslari tufayli AQŞ hukumati tomonidan qöllab-quvvatlanmasligi kerak», — deydi boş kotib.
Kallamar Ğazo sektorida falastinliklarga qarşi genotsid, Rossiyaning Ukrainaga qarşi bosqini va köplab fronlardagi xalqaro huquqqa nisbatan tahdid haqida gapirib, XJS kabi institutlar har qaçongidan ham zarurroq ekanini qöşimça qildi.
«Sanksiyalar sudga özining mustaqil sud funksiyasini samarali bajarişga tösqinlik qiladi va bu XJSga a’zo 125 davlatning kollektiv irodasiga qarşi çiqiş hisoblanadi», — deydi Kallamar.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp avvalroq Isroil boş vaziri Netanyahuni hibsga olişga order bergan Haagadagi Xalqaro jinoiy sudga nisbatan sanksiyalar joriy qilgandi. Tramp 6 fevral, payşanba kuni imzolagan farmonga köra, AQŞ fuqarolari va ittifoqçilari, şuningdek, ularning oila a’zolariga nisbatan sud tergovlarini qöllab-quvvatlovçi XJS rasmiylari AQŞ moliyaviy va viza çeklovlariga duçor böladi.












