AQŞ Meksika orqali noqonuniy migrantlarning mamlakatga kirişiga çek qöyiş maqsadida yana 1,5 ming askarni çegaraga jönatişga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Anadolu Ajansi.

Naşrning Vaşingtondagi manbasiga köra, Şimoliy Karolinada joylaşgan 18-havo-desant korpusining moddiy-texnik ta’minot brigadasi mamlakat janubiy çegaralariga boriş körsatmasini olgan.

Amaldorning sözlariga köra, prezident Tramp «migratsiyaning oldini oliş böyiça kuçaytirilgan bosimni qöllab-quvvatlaş maqsadida» yana 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatçini janubiy çegaraga yuboradi.

Çegaraga joylaştirilişi rejalaştirilgan yangi qöşin AQŞ va Meksika örtasiga tikanli sim tösiqlar örnatiş, şuningdek, çegara patruliga zarur transport, razvedka va boşqa kömaklarni körsatiş bilan şuğullanadi.

Tramp prezidentlik lavozimiga kirişganidan beri Pentagon 1,6 ming kişilik harbiy bölinmani çegaraga joylaştirgan. Bundan taşqari, 500 nafarga yaqin dengiz piyodalarini jinoyat sodir etgan noqonuniy migrantlar saqlanuvçi Kubadagi Guantanamo bazasiga yuboriş böyiça qaror qabul qilgan.

Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi migrantlar bilan boğliq vaziyatga e’tibor qaratib, AQŞ-Meksika çegarasida favqulodda holat e’lon qilgan va nazorat-ötkaziş punktlarini yopgan edi. Şuningdek, u noqonuniy migrantlar ommaviy deportatsiya qilinişini aytdi. Meksika AQŞ hududiga ötmoqçi bölgan noqonuniy migrantlar uçun asosiy tranzit mamlakati hisoblanadi.