Qirğizistonda davlat madhiyasining yangi matni va musiqasi uçun tanlov e’lon qilindi, deb xabar beradi Kabar agentligi.
Madaniyat, axborot, sport va yoşlar siyosati vazirligi ma’lumotlariga köra, tanlov Qirğiziston xalqining tarixiy merosi, madaniy an’analari va milliy birligini aks ettiruvçi yuksak badiiy musiqiy asar yaratiş maqsadida ötkazilmoqda.
Tanlovda bastakorlar, musiqaçilar, şoirlar, yozuvçi guruhlar va ijodiy uyuşmalar iştirok etişi mumkin.
Loyihalar vatanparvarlik, tantanalilik va adabiy me’yorlarga muvofiqlik böyiça baholanadi. Tanlov ğolibini Jogorku Keneş deputatlari, yozuvçilar, bastakorlar va madaniy arboblardan iborat komissiya aniqlaydi. Agar munosib variant topilmasa, tanlov bekor qilinişi mumkin.
Idoraning qayd etişiça, tanlovda nafaqat yangi, balki mualliflik huquqlarida rioya qilingan holda oldin ijro etilgan musiqiy asarlar bilan ham iştirok etiş mumkin. Tanlov ğoliblariga pul mukofoti beriladi.
Ma’lumot uçun, Qirğizistonning davlat madhiyasi 1992 yil 18 dekabrda mamlakat Oliy Kengaşining qarori bilan tasdiqlangan. Dastlab u uç kuplet va naqoratdan iborat edi. Ammo Jogorku Keneşning 2012 yil 27 dekabrdagi qarori bilan ikkinçi kuplet çiqarib taşlangan.
Eslatib ötamiz, Qirğiziston 2023 yil 22 dekabrda davlat bayroğini ham özgartirgan edi. Undagi quyoş nurlarining tölqinsimon şakli töğri çiziqli şaklga almaştirilgan.







