Hozirgi paytda tibbiyot muassasalari tomonidan fuqaroning transport vositasini boşqarişga yaroqliligi töğrisida beriladigan 083/h şakldagi tibbiy ma’lumotnomani oliş jarayoni soddalaştirildi. Ya’ni endilikda my.gov.uz — yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali şu turdagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn oliş mumkin.

Ammo ungaça fuqaro tibbiy körikdan ötgan bölişi zarur.

Fuqaro dastlab avtomaktabga boradi. U yerda bir neça hujjat söraladi, şulardan biri fuqaroning transport vositasini boşqarişga yaroqliligi töğrisidagi tibbiy ma’lumotnoma hisoblanadi. Uni oliş uçun tibbiyot muassasalarida taşkil etilgan haydovçilar tibbiy körik komissiyasiga uçraydi. Asosiy işlar şu yerning özida bajariladi.

Toşkent şahar 3-son klinik şifoxonasi boş şifokori Gulruh Umarova SSV matbuot xizmatiga jarayon töğrisida batafsil ma’lumot berdi.

«Mazkur komissiyalar aholimizga qulaylik yaratiş maqsadida taşkil etilgan. Şu jumladan, bizning muassasamiz qoşida ham ana şunday tuzilma bölib, bu yerda köp hujjat talab etilmaydi, pasport va surat bölsa, bas. Davlat boji ham bor. Şundan keyin fuqaroni kerakli şifokorlarga yöllaymiz.

Muhimi, u, bir paytlarda bölganidek, bu şifoxonadan unisiga borib, sarson-sargardon bölmaydi. Kerakli barça mutaxassislar şu yerning özida jamlangan bölib, qisqa vaqt içida ularning tekşiruvidan ötib ulguradi. 

Natijalar ertasi kuniyoq ma’lum böladi hamda u zudlik bilan my.gov.uz — yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylaştiriladi. Fuqaro ma’lumotnomani qoğozga çiqarişni xohlasa, xodimlarimiz buni bir zumda amalga oşirişadi.

Agar tibbiy körik jarayonida fuqaroda biror kasallik aniqlansa, uni tegişli tartibda davolaniş uçun yönaltiramiz. Vaqti kelib şu monelik bartaraf etilgaç, u haydovçilik guvohnomasini oliş harakatlarini davom ettirişi mumkin böladi.

Kimdir 55 yoşdan oşgan bölsa, albatta, unga qöşimça tibbiy köriklar talab qilinadi. Masalan, bu yoşdagilar yurak kardiogramma tekşiruvidan ötadi. Bu, avvalo, ularning özi uçun foydalidir.

Qöşimça sifatida aytamizki, ayrim kasalliklari bölgan fuqarolarga ma’lumotnoma 6 oyga berilişi mumkin. Nima uçun 6 oy? Gap şundaki, u şu vaqt davomida salomatligini tiklab oladigan bölsa, ma’lumotnoma muddati uzaytirib beriladi», — deydi mutaxassis.

Keyinçalik turli sabablar bilan tekşiruvdan ötgan kişining tibbiy körik natijalari, yuqorida aytib ötilganidek, portalda bir zumda aks etadi. Zarurat bölsa, ma’lumotnomani onlayn oliş mumkin.