“Aholini ijtimoiy himoya qiliş tizimini moliyalaştiriş tartib-taomillarini takomillaştiriş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

2025 yil 1 apreldan Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uçun “Ijtimoiy daftarlar” jamğarmalari orqali qöllab-quvvatlaşning quyidagi yangi instrumentlari joriy etiladi:

kamida 3 nafar xotin-qizlar, yoşlar va aholining boşqa ehtiyojmand toifalarining bandligi hamda ijtimoiy faolligini ta’minlaşga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalaştiriş uçun tegişinça “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” va “Saxovat va kömak” jamğarmalari hisobidan BHMning 60 baravarigaça grantlar ajratiş;

“Yoşlar daftari” jamğarmasi hisobidan:

▪️nogironligi bölgan yoşlarga parasport tögaraklariga qatnaşişi uçun yöl haqi xarajatlarini har oyda BHMning 1 baravarigaça miqdorda qoplab beriş;
▪️6 oy davomida muntazam ravişda sport va san’at tögaraklariga qatnaşayotgan yoşlar uçun qiymati BHMining 10 baravaridan oşmaydigan maxsus sport forma, inventar, musiqa va çolğu asboblarini xarid qiliş;

yonğin, suv toşqini, zilzila va boşqa texnogen hodisalar oqibatida zarar körgan oilalarga uy-joylarini tiklaş va ta’mirlaş xarajatlarini qoplaş uçun “Saxovat va kömak” jamğarmasi orqali BHMning 150 baravarigaça bölgan miqdorda yordam körsatiş.