12 fevralga ötar keçasi Yevropa Çempionlar Ligasida 1/8 finalga ötiş bosqiçi doirasida törta öyin bölib ötdi.
«Etihad»da ötgan markaziy öyinda «Mançester Siti» amaldagi çempion «Real»ni qabul qilib, kambek qurboni böldi. Holandning dubliga Mbappe, Dias va Bellinghem javob berişdi. Hal qiluvçi töp 90+2-daqiqada kiritildi.
Bu — Madrid klubining «şaharliklar» maydonidagi ilk ğalabasi. Mezbonlar safida özbekistonlik himoyaçi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.
Fransiya jamoalari töqnaşuvida kutilganidek «PSJ» «Brest» ustidan işonçli ğalabaga erişdi, 2025 yilning eng yaxşi töpurari bölib turgan Dembele dubl qayd etdi.
Öz juftligida favorit sanalgan «Yuventus» PSV ustidan qiyin ğalabani qölga kiritdi. «Borussiya D» esa Lissabonda «Sporting»ni yirik hisobda mağlub etib, keyingi bosqiç sari katta qadam taşladi.
Javob bellaşuvlari 19 fevral kuni ötkaziladi.
13 fevralga ötar keçasi turnirning ötiş bosqiçi doirasida yana törtta öyin ötkaziladi. «Bryugge» «Atalanta»ni, «Feyyenoord» «Milan»ni qabul qiladi, «Benfika» «Monako», «Bavariya» esa «Seltik» maydoniga safar qiladi.
YeÇL. 1/8 finalga çiqiş uçun ötiş bosqiçi. 11 fevral
Birinçi öyinlar
«Mançester Siti» — «Real» 2:3
Gollar: Holand (19, 80 penalti) — Mbappe (60), Dias (86), Bellinghem (90+2) .
«Mançester Siti» – Ederson, Gvardiol, Ake (Kovaçiç, 61), Diaş, Akanji (Lyuis, 46), Stounz, Griliş (Foden, 30), Silva, de Bryuyne, Savio (Marmuş, 84), Holand.
«Real» – Kurtua, Mendi, Asensio, Çuameni, Valverde, Bellinghem, Seballos (Modriç, 81), Kamavinga, Rodrigo (Dias, 84), Vinisius, Mbappe (Fran Garsiya, 90+2).
«Brest» —









