May oyida “Xavfsiz lift” platformasi ishga tushirilishi kutilmoqda. QR-kod orqali lift haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Liftlarning egasi, xususan BSKlar va servis tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlar shu platforma orqali raqamlashtiriladi. Tegishli qonunchilikka xalqaro tajribani joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
3 fevral kuni Toshkentdagi Riviera savdo markazida farrosh ayol lift shaxtasida tosh bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgan edi. Afsuski, texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi va boshqa turli holatlar sababli liftlar bilan bog‘liq noxush hodisalar uchrab turibdi.
Rasmiylar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda respublikada 2 mingdan ortiq ta’mirtalab lift mavjud. Ular bosqichma-bosqich yangilanyapti. Biroq ayrim hollarda yangi ishlab chiqarilayotgan liftlarda ham nosozlik kuzatilmoqda.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi 6 fevral kuni Yashnobod tumanidagi “Texnopark” MChJga qarashli liftlarning muvofiqligini baholashdan o‘tkazish laboratoriyasiga press-tur tashkil etdi. Mas’ullarga ko‘ra, bu yerda yangi liftlar 48 ta markerdan foydalangan holda sinovdan o‘tkaziladi. Majmuada, shuningdek, lift va eskalatorlar ishlab chiqarish zavodi ham faoliyat yuritmoqda.
Riviera'dagi hodisani ishchi guruh o‘rganmoqda
Press-turda qatnashgan Kun.uz muxbiri Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ahadjon Isoqjonovdan Riviera'dagi baxtsiz hodisa haqida so‘radi.
“Savdo markazining baxtsiz hodisa yuz bergan liftiga “Elevator” korxonasi xizmat ko‘rsatib kelgan, bu bo‘yicha bizdan ruxsat olgan. Tozalashga jalb etilgan ayol u yerda farrosh bo‘lib ishlar ekan. Tozalash jarayonida lift reviziya sikliga o‘tkazilishi, ya’ni to‘xtatib turilishi kerak, shu siklga o‘tkazilmagan. Lift ishlab turgan. Texnika xavfsizligiga rioya qilinmagani oqibatida shunday baxtsiz hodisa yuz bergan”, – deydi Isoqjonov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda holat bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan. Ishchi guruh tarkibi Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi va Bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari, sug‘urta kompaniyasi, Riviera savdo majmuasi va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat.
“





