Hukumat qarori bilan «Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalaş, litsenziya tölovlarini hisoblaş va tölaş, lisenziatlar faoliyatini nazorat qiliş va ularning hisobini yuritiş tartib-taomillari va şartlarini belgilaydi.

Nizom «Elektr energetikasi töğrisida»gi qonunida litsenziyalanişi belgilangan elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlariga (kiçik turlariga) nisbatan tatbiq etiladi. Har bir litsenziya kiçik turi uçun alohida litsenziya olinadi.

Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

- yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan holda elektr energiyasini işlab çiqaruvçilarga;

- yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan elektr energiyasini saqlaş tizimlariga;

- quvvati 5 MVt dan kam bölgan elektr stansiyalarda elektr energiyasini işlab çiqaruvçilarga;

- öz ehtiyojlari uçun elektr energiyasini saqlaşda işlatiladigan elektr energiyasini saqlaş uskunasidan foydalanuvçilarga.

Lisenziyalaş Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi tomonidan litsenziyalaş va ruxsatnoma oliş sohasida interaktiv xizmatlar körsatuvçi «Lisenziya» axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.

Talabgor litsenziya oliş uçun «Lisenziya» tizimi, davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron şaklda belgilangan ma’lumotlarni körsatgan va qöşimça hujjatlarni ilova qilgan holda ariza töldiradi.