Toşkent şahrida 2024 yilda 1280 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu raqam Xalq deputatlari Toşkent şahri kengaşi qarorida keltirildi.
Ma’lum bölişiça, avariyalar oqibatida 1189 kişi jarohatlangan va 91 kişi halok bölgan. Yöl-transport hodisalarining 720 tasi piyodalar aybi bilan, 98 tasi tezlikni me’yordan oşiriş oqibatida sodir bölgan.
Deputatlar şahar YHXB oldiga harakat xavfsizligini ta’minlaş uçun bir qator vazifalarni qöygan:
- yöl-transport infratuzilmasi talabiga javob bermaydigan köçalar va çorrahalar röyxatini şakllantirib, kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça mas’ul taşkilotlarga taklif kiritiş;
- şahar köçalarida transport va piyodalar oqimi, piyodalar bilan boğliq sodir etilgan avariya nuqtalarini aniqlaş va ölim holatlarini keskin kamaytiriş böyiça qöşimça çoralarni köriş.
Qarorda YHXB Toşkent şahri budjetining qöşimça manbalari hisobidan 10 ta köçma fotoradar qurilmasini xarid qilişi kerakligi qayd etilgan.
Bundan taşqari, poytaxt köça va yöllaridagi 12 ta joyga qavariq piyodalar ötiş joyini taşkil qiliş belgilangan.








