Yanvar oyida Samsung kompaniyasi uçga buklanadigan displeyli telefon işlab çiqayotganini rasman e’lon qilgan edi. Janubiy Koreya texnologik giganti hali tafsilotlarni oşkor qilmagan bölsa-da, sizib çiqqan ma’lumotlar ba’zi narsalarni tasavvur qilişimizga imkon beradi.
Nufuzli insayder Ross Yang sözlariga köra, bu 6,49 dyuymli ekran böladi. Biroq töliq oçilganda qurilma 10 dyuymli ekranga ega tölaqonli planşetga aylanadi.
Qiziği şundaki: akkordeon kabi buklanadigan va ekranning bir qismini oçiq qoldiradigan Huawei kompaniyasining Mate XT smartfonidan farqli ölaroq, Samsung kompaniyasi G uslubidagi buklama mexanizmdan foydalanadi, bu esa qurilmada oçiq joy qoldirmaydi. Uşbu yondaşuv smartfonning çidamliligini ta’minlaşi mumkin.
Yang sözlariga köra, kompaniya bunday qurilma uçun maxsus himoya plyonkasining yangi turini ham işlab çiqmoqda.
Uçga buklanadigan telefonni işlab çiqariş bilan boğliq qiyinçiliklarni hisobga olgan holda, işlab çiqariş hajmi çeklangan bölişi kutilmoqda. Smartfon ommaviy bozor flagmani sifatida emas, balki eksperimental premium model sifatida taqdim etilişi mumkin.
Bunday smartfon qança turişi noma’lum. Bir narsa aniq - bu arzon bölmaydi. Huawei Mate XT Xitoyda qariyb 3 ming dollarga sotilyapti, Samsung «uçbuklamasi» xuddi şunday narx atrofida bölişini kutişimiz mumkin.
Sizib çiqqan ma’lumotlarga köra, qurilma 2025 yil 3-çoragida (iyuldan sentabrgaça) çiqariladi va Samsung kompaniyasining boşqa buklanadigan modellari, xususan, Galaxy Z Fold 7 va Z Flip 7, şuningdek, yanada arzonroq Galaxy Z Flip 7 FE qatoridan joy oladi.









