AQŞ va Rossiyaning yuqori lavozimli rasmiylari kelasi hafta Saudiya Arabistonida Donald Tramp va Vladimir Putin örtasidagi ehtimoliy uçraşuvni muhokama qiliş uçun yiğiladi. Bloomberg manbalariga köra, ikki davlat rahbarlari örtasidagi muzokaralar fevral oyi oxirida bölib ötişi rejalaştirilgan.

Uçraşuv tafsilotlari hozirça işlab çiqilmoqda, unda AQŞ milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols va AQŞ prezidentining Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff iştirok etişi kutilmoqda.

Saudiya Arabistonidagi uçraşuvdan maqsad musulmonlar uçun muqaddas Ramazon oyi boşlanişidan oldin, ya’ni 2025 yil 1 martgaça ötkazilişi rejalaştirilgan Tramp va Putin muzokaralari sanasini belgilaşdan iborat.

Agentlik manbalariga köra, ikki davlat rahbarlarining uçraşuvida Ukraina vakillari ham iştirok etişi kutilmoqda. Ammo yevropalik siyosatçilarning köpçiligi hozirça uçraşuvga tayyorgarlik haqida xabardor qilinmagan.

12 fevral kuni Donald Tramp Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga qönğiroq qildi. Şundan söng, u uruşni tugatiş böyiça muzokaralarni boşlaşga rozi bölganini ma’lum qildi.

Vladimir Zelenskiy bir neça bor Ukraina iştirokisiz Ukraina böyiça muzokaralar olib borilmasligini aytgan.

Trampning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellogg 15 fevral kuni Yevropani Ukraina böyiça tinçlik muzokarasi stolida körmasligini aytdi.