Germaniyaning Myunxen şahrida Xavfsizlik konferensiyasi davom etyapti. Uning asosiy mavzusi - Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 fevral kuni konferensiyada nutq sözladi. Meduza uning nutqidan iqtiboslar keltirdi.

Zelenskiy öz nutqini Rossiyaning dronlari Çernobil AES himoya qobiğiga zarba berganini eslatişdan boşladi. Kreml hujumga aloqadorligini inkor etib, bu provokatsiya ekanini aytgan.

Zelenskiy yana nima haqida gapirdi? Asosiy fikrlar

Rossiya öz qöşinlari sonini oşirmoqda. Putinning bunga qurbi yetadi – neft narxi hali ham yetarliça yuqori darajada qolmoqda. Şu tufayli Putin tinçlikka bee’tibor.

Yozda Rossiya «maşqlar» bahonasida Belarusga qöşin kiritişni rejalaştirmoqda. Belarusdagi bu kuçlar Ukrainaga hujum qilişni rejalaştiryaptimi? Balki. Yoki bu sizlar uçundir. Eslatib ötaman: Belarus NATOning uçta davlati bilan çegaradoş. U amalda Rossiya harbiy operatsiyalari uçun maydonga aylangan.

Yevropa özining Yevropa qurolli kuçlariga muhtoj, u tahdid bölgan taqdirda faqat AQŞdan yordam söramasligi kerak. Rostini aytsam, Amerika Yevropaga tahdid solayotgan masalalarda «yöq» deyişi mumkinligini inkor eta olmaymiz. Yevropa şunçaki birlaşişi va heç kim Yevropaga yöq demasligi, uni nazorat qilmasligi yoki unga tösiq sifatida qaramasligi uçun harakat qilişni boşlaşi kerak.

Yevropaga umumiy taşqi siyosat kerak. Prezident Tramp bir marta şunday degan edi: «Tuğilgan oilang muhim emas, yaratgan oilang muhimroq». Biz Amerika bilan iloji boriça yaqin munosabatlarni va ha, yangi munosabatlarni örnatişimiz kerak, lekin yevropaliklar sifatida, faqat alohida davlatlar sifatida emas.

Yevropa Vaşington jiddiy qabul qilişi kerak bölgan hamkorlik darajasiga muhtoj. Yevropaga önlab emas, bitta umumiy ovoz kerak. Hatto Mar-a-Lagoga [Tramp qarorgohi] muntazam boradiganlar ham kuçli Yevropaning bir qismi bölişi kerak – çunki prezident Tramp zaif döstlarni yoqtirmaydi. U kuçni hurmat qiladi.

Ukraina böyiça heç qanday qaror Ukrainasiz qabul qilinmaydi. Yevropasiz Yevropa uçun yeçim yöq. Bir neça kun oldin prezident Tramp menga Putin bilan suhbati haqida gapirib berdi. U Amerika muzokara stolida Yevropaga muhtojligini biror marta aytmadi. Bu köp narsani anglatadi.