Qöşma Ştatlarga Ukrainaning foydali qazilmalaridan foydalaniş imkonining berilişi haqidagi kelişuvda hali Kiyev manfaatlari himoya qilinmagan, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

«Şartnoma vazirlar darajasida imzolanadi. Lekin men prezidentman va bu hujjatning sifatiga ta’sir qilaman. Şuning uçun vazirlarga şartnomani imzolaşga ruxsat bermadim, çunki u tayyor emas, nazarimda. U bizning manfaatlarimizni himoya qilişga hali tayyor emas», dedi u.

Prezident ta’kidlaganidek, unga Ukrainaga sarmoya kiritiş haqida gapiriş juda muhim va bu kelişuvda qonunan töğri yozilişi kerak.

«Va keyin biz foydani qanday taqsimlaş haqida öylaşimiz mumkin, agar bularning barçasi xavfsizlik kafolatlari bilan boğliq bölsa. Men hujjatda bu aloqani hali körmayapman», dedi u va bu aloqa aniq bölişi kerakligini qöşimça qildi.

NBC News manbalariga köra, hujjat Vaşingtonning harbiy yordam evaziga noyob yer minerallarining 50 foizini oliş huquqini nazarda tutadi.

AQŞ moliya vaziri Skott Bessent 12 fevral kuni Kiyevga taşrifi çoğida kelişuv loyihasini Ukraina prezidentiga topşirgan.

14 fevral kuni Zelenskiy kelişuvni imzolaşdan «muloyimlik bilan boş tortganini» xabar qildi. Reuters manbasiga köra, Ukraina kelişuvning öz versiyasini tayyorlab, Amerika tomoniga taqdim etgan.

Ukraina resurslaridan foydalanişga imkon beriş masalasi Zelenskiy tomonidan ötgan yilning kuzida AQŞ prezidentiga taqdim etgan «ğalaba rejasi»ning bir qismi bölgan. Kiyev bu ma’lumotni tasdiqlab, muhokama, xususan, litiy va titan konlari haqida bölganini ma’lum qilgan edi.

Ukraina öz resurslarini AQŞga bepul bermaydi, balki ularni birgalikda rivojlantirişni taklif qilmoqda, dedi Zelenskiy 8 fevral kuni. Tramp keyinroq Kiyev harbiy yordamni davom ettiriş evaziga 500 milliard dollarlik qimmatbaho metallarga kirişni ta’minlaşga tayyorligini ma’lum qildi.