AQŞ Rossiyaning Eron, Xitoy va KXDR bilan «ittifoqini buzmoqçi». Bu haqda Amerika prezidentining Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog Myunxendagi konferensiya vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi CNN.

Kellogning ta’kidlaşiça, bir neça yil oldin bu kabi ittifoqlar bölmagan. «Qöşma Ştatlar Rossiyaning ittifoqlarini buziş ustida iş olib boradi», — deydi u.

AQŞ bunday ittifoqlarni buziş orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni özi uçun «noqulay» harakatlarni qilişga majburlaş umidida.

Eron va Rossiya yanvar örtalarida keng qamrovli strategik şeriklik töğrisidagi şartnomani imzolagan edi. Unga köra, «tomonlardan biri agressiyaga uçrasa, boşqa tomon harbiy yordam körsatişi kerak böladi».

Şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy yetakçisi Si Jinping ikki tomonlama hamkorlikni faol rivojlantiriş masalalari haqida kelişib olgan. XXR yetakçisi ikki mamlakat munosabatlarini «etalon» deb atagan. Putin esa Xitoy bilan munosabatlarini dunyodagi asosiy barqarorlaştiruvçi omillardan biri deya ta’kidlagan.

4 dekabrda Rossiya va KXDR örtasida keng qamrovli strategik şeriklik şartnomasi kuçga kirdi. Tomonlar uni iyun oyida imzolagan edi, şartnoma muddatsiz davrga tuzilgan. Hujjatda mudofaa, iqtisodiyot, ilm-fan va energetika hamkorligi, şuningdek, özaro harbiy yordam körsatiş masalalari közda tutilgan.