Rossiyaning Leningrad viloyati, Ust-Luga qişloğidagi ikki qavatli çoyxonada portlaş va yonğin yuz berdi. Bu haqda «78.ru» xabar berdi.

Qayd qilinişiça, hodisa 16 fevral kuni yuz bergan. Ust-Luga qişloğidagi ikki qavatli çoyxonada gaz balloni portlaşi oqibatida yonğin çiqqan. Ballon portlagandan söng yonğin butun çoyxona binosini qamrab olgan. Dastlab, tört kişi tan jarohati olib, oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilgan. Keyinçalik ularning soni 6 nafarga yetgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ular Özbekiston fuqarolaridir.

Prokuratura yonğin suriştiruv işlarini boşlab, qonunbuzarliklar aniqlansa, çora körişga va’da bergan.