2025 yilning 1 fevral holatiga, Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital iştirokidagi korxona va taşkilotlar soni 15 163 tani taşkil etmoqda. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 964 taga köp.
Yil davomida Rossiya kompaniyalari soni 76 taga kamaygan, Xitoy kompaniyalari soni esa 1035 taga köpaygan, natijada Xitoy Özbekistondagi kompaniyalari soni böyiça Rossiyani ortda qoldirib, 1-öringa kötarilgan.
Şuningdek, ötgan yilning 1 fevral holatiga nisbatan, Turkiya kapitali iştirokidagi kompaniyalar soni 32 taga, Qozoğiston kapitali iştirokidagi kompaniyalar soni 24 taga, Janubiy Koreya kapitali iştirokidagi taşkilotlar soni 76 taga, AQŞ kapitali iştirokidagi xorijiy kompaniyalar soni esa 11 taga qisqargan.
2025 yilning 1 fevral holatiga, xorijiy kapital iştirokidagi kompaniyalarning eng yuqori uluşga ega bölgan davlatlar kesimidagi soni quyidagiça:
- Xitoy – 3 467 ta;
- Rossiya – 2 973 ta;
- Turkiya – 1 869 ta;
- Qozoğiston – 1 060 ta;
- Janubiy Koreya – 660 ta;
- AQŞ - 303 ta.












