Öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilgandan keyin, agar zarurat bölsa, Xitoy Ukrainaga tinçlikparvar kontingentini yuborişi mumkin. Bu haqda Xitoyning Singhua universiteti qoşidagi Xalqaro xavfsizlik va strategiya markazining katta ilmiy xodimi, Xitoy armiyasining sobiq polkovnigi Çjou Bo Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Honkongning South China Morning Post (SCMP) gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
Uning sözlariga köra, agar Ukrainadagi tinçlikparvar kuçlar nafaqat NATO mamlakatlari, balki Hindiston kabi boşqa davlatlar vakillari bölsa, u holda Xitoy ham harbiylarni yuborişi mumkin böladi.
Janglar tugaganidan keyin tinçlikni saqlaş uçun xalqaro sa’y-harakatlarga hissa qöşiş maqsadida Xitoy «yetarliça askarlar va harbiy kuçga ega», dedi janob Bo. «Agar tinçlikparvarlik amaliyotlari faqat Yevropa davlatlari tomonidan bajarilsa, Rossiya buni NATO iştirokining yana bir şakli sifatida körişi mumkin», deb qöşimça qildi u.
Avvalroq The Economist naşri, nomi oşkor etilmagan amerikalik mulozimlarga köra, Ukrainada öt oçişni töxtatiş kelişuviga erişilsa, u yerda tinçlikparvar sifatida nafaqat Yevropa davlatlaridan, balki, masalan, Braziliya yoki Xitoydan ham harbiy xizmatçilar qatnaşsa yaxşi bölardi, deb yozgan edi.








