Ukraina hukumati Saudiya Arabistonida ötkazilişi rejalaştirilayotgan muzokaralar haqida heç narsa bilmaydi, unda iştirok etmaydi va uni tan oliş niyatida ham emas. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy RF va AQŞ vakillari Ar-Riyodda uçraşişi töğrisidagi xabarlarga şunday izoh berdi.

«Ukraina iştirok etmaydi. Ukraina bu haqida heç narsa bilmagan. Ukraina özining iştirokisiz ötkaziladigan har qanday muzokaralarni natijasiz deb hisoblaydi. Va biz, bizning iştirokimizsiz Ukraina borasida erişilgan har qanday narsalar yoki şartnomalarni tan ololmaymiz. Biz bunday kelişuvlarni tan olmaymiz», — deydi Zelenskiy.

Ukraina prezidentining ta’kidlaşiça, bölajak muzokaralar «ikki tomonlama ahamiyatga» ega, Moskva va Vaşington «agar ularda ikki tomonlama masalalar bölsagina bunga haqli».

Ayni vaqtda Zelenskiy rasmiy taşrif bilan Birlaşgan Arab Amirliklarida bölib turibdi. 18 fevral kuni Ukraina prezidenti Saudiya Arabistoniga yöl oladi. Zelenskiyning sözlariga köra, uning Ar-Riyodga safari «Saudiya Arabistonida Qöşma Ştatlar va Rossiya vakillari darajasida sodir bölayotgan voqealarga umuman aloqador emas».

18 fevral kuni Ar-Riyoddan AQŞ va Rossiya vakillarining uçraşuvi rejalaştirilgan. Vaşington tomonidan unda davlat kotibi Marko Rubio, AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols va Trampning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff iştirok etadi. Moskva esa uçraşuvga TIV rahbari Sergey Lavrov hamda RF prezidentining yordamçisi Yuriy Uşakovni yuborgan.

Rossiya—Ukraina uruşini töxtatiş böyiça Saudiya Arabistonida muzokaralar ötkazilişini avvalroq Donald Tramp e’lon qilgandi. U muzokaralarda Rossiya, AQŞ va Ukraina vakillari qatnaşişini aytgandi. NBC News manbalariga köra, AQŞ avvaliga Rossiya va Ukraina vakillari bilan alohida muzokara ötkazişni rejalaştirgan. Şu bilan birga, telekanal manbasining ta’kidlaşiça, Ukraina vakillari muzokaralarga hozirça taklif qilinmagan.