«Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va munosib nişonlaş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Unga köra, Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 80 yilligi hamda «9 may – Xotira va qadrlaş kuni» «Vatan ravnaqi, tinçligi va himoyasi yölidagi qahramonlik unutilmaydi» şiori ostida ötkaziladi.

Uruş qatnaşçilari va front orti mehnat faxriylari, mustaqilligimizni mustahkamlaş, xalqimiz tinçligi, mamlakatimiz ravnaqi yölida jasorat va fidoyilik körsatgan yurtdoşlarni xotirlaş, ayni vaqtda hayot bölgan mehnat faxriylari va keksalarga hurmat-ehtirom körsatişga qaratilgan tadbirlar ötkaziladi.

Yolğiz va kam ta’minlangan uruş qatnaşçilarining yaşaş joyini ta’mirlaş, obodonlaştiriş böyiça tegişli çora-tadbirlar amalga oşiriladi.

Uruş qatnaşçisi va uning oqibatida nogiron bölgan şaxslar, front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan yoki nogiron bölib qolgan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamda ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam körsatiladi.

Uruş qatnaşçilari va uning oqibatida nogiron bölgan şaxslarga, front orti mehnat faxriylariga «Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligi» yubiley medali topşiriladi.

Uruş qatnaşçilari va front orti mehnat faxriylariga xohişga köra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvçisi bilan bir martalik bepul yöllanma taqdim etiladi.