Bugun 19 fevral. Örtoqlar, işoning, biz tarixda qoladigan, maktab darsliklarida bir neçta paragraf ajratiladigan davrda yaşayapmiz. Yillar ötib nabiralaringiz Yevropadagi ikki eng yirik davlat örtasidagi uruş haqida tarixiy kino körayotganda, bolam, bu kunlar keçagiday esimda, deb maqtanib ayta olasiz.
Dunyo siyosatida bölayotgan voqealarni diqqat bilan kuzating, kerak bölsa, kundalik tutib, yozib boring. Eng yaxşisi esa Kun.uz YouTube-kanalidagi videolarni ötkazib yubormang. Biz voqealarni ixçam, sizga qulay formatda yetkazib boramiz. Iltimos, videoga like bosiş esingizdan çiqmasin.
«Sovğa»
AQŞ prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni xursand qiladigan gaplarni aytişda davom etmoqda. Navbatdagi çiqişida Tramp uruş boşlanişida Ukrainani aybladi va Zelenskiy prezidentlik saylovlarida ğalaba qozona olmasligiga işora qildi. Bu Trampning sözlari ekanini aytmasak, uni Dumaning navbatdagi majlisida Vyaçeslav Volodin aytdi deb öylaşingiz heç gap emas. Jurnalistlarni navbatdagi marta Mar-a-Lagodagi «daça»siga yiğgan Tramp unça-munça «Yedinaya Rossiya» deputatining nutqini doğda qoldiradigan tarixiy nutq sözladi.
AQŞ prezidentiga köra, Kiyevda uç yil davomida Rossiya bilan muzokara ötkaziş imkoni bölgan va şu sabab Ukraina Saudiyadagi muzokaralarga çaqirilmagan. Eng qiziği, Vaşington vakillari Ar Riyozdagi Rossiya va AQŞ uçraşuvini uruş muhokamasi emas, degandi. Tramp va mulozimlarining gapi navbatdagi marta bir-biriga töğri kelmayapti.
Respublikaçi bungaça ham Zelenskiy uruş boşlanişining aybdori degan, lekin unda Zelenskiyni Putin bilan birga ayblagandi. Keçagi çiqişida Tramp ilk marta uruş boşlanişida töğridan töğri Ukrainani aybladi, bu davlatga bostirib kirgan qöşnisi Rossiyani emas. «Uruşni boşlamasligingiz kerak edi, kelişsa bölardi», dedi siyosatçi.
Trampning yana bir mojaroli gapi Ukrainadagi saylov bilan boğliq böldi. Bilasiz, Putin oxirgi bir neça oy davomida Ukraina prezidenti Zelenskiy nolegitim ekani haqida gapirib keladi. Axir çindan Ukrainada 2024 yil saylov ötkazilişi belgilangan, biroq uruş sabab Kiyev saylovni bekor qilgandi. Endi Tramp ham Moskvaga xuş yoqadigan bu ritorikani takrorlaşga kirişdi. «Ukrainada ançadan beri saylov bölgani yöq, Zelenskiyning reytingi 4 foizgaça qulagan», dedi Tramp. Biroq bu raqamlarni qayerdan olganini aytmadi.
Volodimir Zelenskiy tezda Trampning bu gapiga javob qaytarib, hozir uni almaştirişga uriniş öxşamasligini aytdi. «Bugun tongda Kiyev xalqaro ijtimoiy institutining natijalari e’lon qilindi. Unda menga işonç reytingi 57 foiz etib belgilangan. Şunday ekan kimdir hozir meni almaştirmoqçi bölsa, bunga erişa olmaydi», dedi Zelenskiy.







