AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uolts Fox News telekanaliga bergan intervyusida Ukrainani foydali qazilmalar böyiça kelişuv tuzişga va Vaşingtonni tanqid qilişni töxtatişga çaqirdi.
«Ular «tezlikni pasaytirişi», yaxşilab öylab körib, uşbu kelişuvni imzolaşi kerak», dedi u.
Uolts sözlariga köra, Ukrainaning kelişuvga qarşi çiqişi va Donald Trampning muzokaralarni olib borişini tanqid qilişi Qöşma Ştatlar Ukraina uçun qilgan hamma narsadan keyin qabul qilinişi mumkin emas.
Şu bilan birga, u davlatlar örtasidagi kelişmovçiliklarni murosasiz deb hisoblamaslikni aytdi.
Uolts Yevropa va Ukraina uruşni hal qiliş böyiça muzokaralardan çetlatilgan degan fikrga qöşilmadi:
«Diplomatiyada buning atamasi bor: «moki diplomatiyasi». Ilgari barçani birdaniga muzokara stoliga yiğişning iloji yöq edi. Şunday qilib, biz bir tomon bilan, keyin ikkinçi tomon bilan şuğullandik, keyin esa oldinga siljiş jarayoni böladi», dedi u.
AQŞ Ukrainadagi barça foydali qazilmalar zaxiralarining yarmini oladigan kelişuv loyihasi 12 fevral kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga AQŞ moliya vaziri Skott Bessent bilan Kiyevdagi uçraşuvidan 4 soat oldin topşirilgan. Şu bilan birga, Zelenskiydan şartnomani zudlik bilan imzolaş talab qilingan. Kiyev Tramp ma’muriyati talablari kölamidan lol qolgan. Zelenskiy şartnomani imzolaşdan boş tortgan.
Tramp ma’muriyati tomonidan taklif qilingan kelişuvda Vaşingtonning Ukrainadagi mineral va neft-gaz resurslari, portlar va «boşqa infratuzilma» ustidan nazorati nazarda tutilgan.
Tramp ma’muriyati Qöşma Ştatlar Ukrainaning resurslar qazib olişdan keladigan joriy daromadlarining 50 foizini, şuningdek, «uçinçi tomonlarga berilgan barça yangi [resurslarni qazib oliş] litsenziyalari» qiymatining 50 foizini olişini istamoqda.








