Özbekistondagi eng maşhur quriliş kompaniyalaridan biri – “Trest-12”dagi 51,1 foiz davlat uluşi 111 mlrd sömga xususiylaştirildi. Xaridor – Delta Global Dynamics. Bu MÇJning 100 foiz uluşi sobiq taşqi işlar vazirining öğli Doniyor Komilovga tegişli. Şu tariqa, u trillionlab sömlik loyihalarni tendersiz qölga kiritişi ortidan köp bor OAV e’tiboriga tuşgan quriliş korxonasining asosiy egasiga aylandi.

Doniyor Komilov kim?

Doniyor Komilov – Özbekistondagi közga köringan siyosatçilardan biri Abdulaziz Komilovning öğli. Uzoq yillar taşqi işlar vaziri bölib işlagan Abdulaziz Komilov hozirda Xavfsizlik kengaşi kotibining taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça örinbosari hisoblanadi.

Yaqin-yaqingaça kiçik Komilov nomi köpçilik özbekistonliklarga mutlaqo notaniş edi. 2021 yilda unga tegişli “Metropol Group” MÇJ Toşkent markazidagi Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq binosini 210 mlrd sömga sotib oldi. Şu tariqa, u jamoatçilik e’tiboriga tuşdi.

2023 yilning fevral oyida Komilov egalik qiladigan boşqa bir kompaniya – “First Premium Alliance” MÇJ Özbekistondagi eng yirik spirt zavodi – “Qöqon biokimyo” AJni xususiylaştirib oldi.

2024 yilga kelib, Doniyor Komilovning Petroleum Technology Group kompaniyasi ilgari “Özbekneftgaz”ga tegişli bölgan Çinoz neftni qayta işlaş zavodi va UNG Petro yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğini qölgan kiritdi. Nomi Carvon deya rebrending qilingan Özbekistondagi eng yirik zapravkalar tarmoği qanday qilib davlatning egaligidan çiqib ketgani noma’lum. Bu oldi-sotdi jarayonlari böyiça haligaça rasmiy ma’lumot berilmadi.

Korxona va taşkilotlar reyestriga köra, Doniyor Abdulazizoviç Komilov Özbekistonda kamida 10 ta kompaniyadan bevosita uluşlarga ega. Bundan taşqari, oçiq manbalarda uning Rossiyadagi yirik aktivlari haqida ham köplab ma’lumotlar bor. U 2010-2014 yillarda Gazprombankning “Upravlyayuşçaya kompaniya – Strategiçeskiye aktivy” YoAJ tuzilmasi rahbari, 2015-2016 yillarda esa “Uralmaşzavod” direktorlar kengaşi a’zosi bölgan.