21 fevral kuni Çempionlar ligasi 2024/2025 yillar mavsumi 1/8 finali uçun qur’a taşlaş marosimi ötkazildi. Natijada quyidagi juftliklar hosil böldi:

«PSJ» — «Liverpul»
«Benfika» — «Barselona»
PSV — «Arsenal»
«Feyyenoord» — «Inter»
«Real» — «Atletiko»
«Bavariya» — «Bayyer»
«Bryugge» — «Aston Villa»
«Borussiya» — «Lill».

Jamoalar hozirning özidayoq keyingi bosqiçlardagi ehtimoliy raqiblarini bilişadi. Ya’ni, turnirda boşqa qur’a taşlanmaydi va jamoalar pley-off setkasi böylab harakatlanişadi. Masalan, agar «Arsenal» bu bosqiçdan ötsa, çorak finalda «Real» yoki «Atletiko»dan biriga raqib böladi. Jamoa finalgaça «Barselona», «Bavariya» va «Inter» kabi jamoalar bilan töqnaşmaydi, lekin keyingi bosqiçlarda «Real» va «Atletiko»dan taşqari «Liverpul» va «PSJ» kabi favoritlardan biri ham raqib bölişi mumkin.

Finalga qadar yölda «Real» va «Barselona»ning yöli kesişmaydi.

1/8 finalning ilk öyinlari 4 mart kuni ötkaziladi. Javob uçraşuvlari 11 martga belgilangan. Turnir finaliga 31 may kuni Myunxen mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uçun, Çempionlar ligasining amaldagi ğolibi – Madridning «Real» klubi hisoblanadi. Ötgan mavsum finalida «qaymoqranglilar» Dortmundning «Borussiya» klubini yenggandi (2:0).