Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tumani bölimi, DXX, IIB va bojxona xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda "A.Navoiy" MFY hududida kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan fuqaro I.Ş. va boşqalarning avtomaşinasi közdan keçirilganda maşina salonida 231 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini sotiş maqsadida olib kelgani aniqlanib, dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Şu kabi, Departamentning Zarbdor tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda A-376 avtomagistral yölining “Jizzax-Zarbdor” yönalişida harakatlanib kelgan fuqaro E.R.ning boşqaruvidagi avtomaşina töxtatib közdan keçirilganda, Farğona viloyati, Qöqon şahridagi A.Z. MÇJga qaraşli dorixona sotuvçisi I.S. fuqaro M.X.ga sotiş uçun yuborgan 20 quti kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Şuningdek, Departamentning Yunusobod va Yakkasaroy tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlarda N.Ph. va L.L. MÇJga qaraşli dorixona sotuvçilari kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini retsepsiz sotgan vaqtida uşlanib, uşbu dorixonalardan sifatini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan jami 23 quti Benzonal va “Tizersin” nomli dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.