Andijon viloyati YHXB Andijon tumanida törtta transport vositasi iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 21 fevral kuni soat 22:10 larda Andijon tumani Mingörik MFY hududida Asaka—Andijon yönalişi böylab katta tezlikda ketayotgan Nexia-3 özi bilan bir yönalişda harakatlanib, ortga qayrilib olmoqçi bölgan boşqa bir Nexia-3 maşinasiga urilgan. YTH oraliq masofa saqlanmagani sabab kelib çiqqan.
Natijada, birinçi transport vositasi rul boşqaruvini yöqotib, qarama-qarşi tomondan harakatlanib kelayotgan Labo hamda SWM G01 rusumli avtomaşinalar bilan ham töqnaşuv sodir etgan.
«Hodisa oqibatida tan jarohati olib, şahar şifoxonasiga murojaat qilgan şaxslar bor», — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB YHXG mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.








