Qöşma Ştatlar Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişining uç yilligi munosabati bilan BMT rezolyutsiyasi loyihasini taqdim etdi. Bu haqda 21 fevral, juma kuni hujjatni körib çiqqan Reuters agentligi xabar berdi. Vaşingtonning uç bandlik qisqaça rezolyutsiya loyihasida «Rossiya-Ukraina mojarosi»da insonlarning halok bölganidan afsus bildirilgan va «Birlaşgan Millatlar Taşkilotining asosiy maqsadi xalqaro tinçlik va xavfsizlikni saqlaş hamda nizolarni tinç yöl bilan hal etiş» deyilgan. Vaşington taklif qilgan rezolyutsiya, şuningdek, «mojaroni tezroq tugatişga» va keyinçalik «Ukraina va Rossiya örtasida mustahkam tinçlik» örnatişga çaqiradi.

AFP agentligi diplomatik manbalarga tayangan holda ta’kidlaganidek, AQŞ tomonidan ilgari surilgan loyihada Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududi haqida heç qanday eslatma yöq. Vaşington tomonidan taklif etilgan va qöllab-quvvatlangan avvalgi rezolyutsiyalardan farqli ölaroq, sönggi loyihada Moskva tanqid qilinmaydi yoki u mojaro manbasi deb atalmaydi.

Rossiya AQŞ rezolyutsiya loyihasini olqişladi, lekin unga tuzatişlarni taklif qildi

Rossiya «mojaroni tezroq tugatişga çaqiradi» degan sözlardan keyin «jumladan, uning asosiy sabablarini bartaraf etiş orqali» iborasini qöşiş orqali hujjatga özgartiriş kiritişni taklif qildi, deb yozadi Reuters. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya esa Amerika loyihasini «yaxşi qadam» deb atadi.

Ismini oşkor qilişni istamagan rossiyalik diplomatning Reuters agentligiga aytişiça, agar tuzatiş BMT Boş Assambleyasi tomonidan qabul qilinsa, Moskva AQŞ rezolyutsiyasiga ovoz beradi. Nebenzyaning aytişiça, AQŞ rasmiylari loyiha Boş Assambleyaning 193 a’zosiga tarqatilişidan oldin uni xabardor qilgan.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi 24 fevral kuni Ukraina va Yevropa Ittifoqi tomonidan tayyorlangan deeskalatsiya, harbiy harakatlarni tezda tugatiş va BMT Nizomi va xalqaro huquq normalariga muvofiq tinç yöl bilan hal qilişga çaqiruvçi rezolyutsiya loyihasini ovozga qöyişi kerak. Undan oldin Yevropa Ittifoqining BMTdagi doimiy vakillari AQŞ taklifini muhokama qilişi kutilmoqda.