Xususan, yiğilişda Özbekiston armiyasini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilaşda zamonaviy qurolli mojarolar, xavfsizlikka mavjud tahdidlar va harbiy harakatlar teatri xususiyatlarini hisobga oliş zarurligi ta’kidlandi.
Şuningdek, bugungi kunda turli darajadagi va qamrovdagi mintaqaviy mojarolarda sun’iy intellekt, robot, raketa, dron va ularga qarşi vositalar keng qöllanayotganidan kelib çiqib, qöşinlarda dronlar va ularga qarşi kuraşiş, sun’iy intellekt bilan işlaydigan kibertuzilmalar, robotlaşgan texnikalarni qöllaş va havo hujumidan mudofaa böyiça yangi bölinmalarni taşkil etiş zarurligi belgilandi.
Yiğilişda Şavkat Mirziyoyev tomonidan Özbekiston Qurolli kuçlarining jangovar şayligini ta’minlaş, jangovar tayyorgarlik körsatkiçlarini yanada takomillaştiriş, sun’iy intellektga asoslangan qöşinlarni avtomatlaştirilgan yagona boşqariş tizimini yaratiş, harbiy ta’lim va harbiy kadrlarni tayyorlaşda dual ta’limdan foydalaniş körsatib ötildi.
Bundan taşqari, «Boş serjantlar korpusi» faoliyatini takomillaştiriş, mudofaa sanoatini yanada rivojlantiriş, harbiy xizmatçilarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va harbiy sport sohasiga yönaltiriş kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
Jörayev Sayfiddin Ahmatoviç – siyosiy fanlar doktori,
Toşkent şarqşunoslik universiteti Xalqaro munosabatlar kafedrasi professori








