Prezident «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada mustahkamlaşga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi. Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada mustahkamlaşga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritildi.

Xususan, «Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi qonunga kiritilgan qöşimçaga köra, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar öz bolasini şaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalaş huquqiga egaligi, ular tomonidan öz bolasini qonunga xilof ravişda diniy ta’lim olişga jalb etişga, ya’ni bolani röyxatdan ötkazilmagan yoki litsenziyaga ega bölmagan taşkilotlarga yoxud maxsus diniy ma’lumotga ega bölmagan va diniy taşkilotlarning Özbekiston böyiça markaziy boşqaruv organining ruxsatisiz diniy ta’limni amalga oşirayotgan şaxslarga diniy ta’lim oliş uçun topşirişga yöl qöyilmasligi belgilandi.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçaga köra, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan öz bolasini qonunga xilof ravişda diniy ta’lim olişga jalb etiş BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilandi.

Şuningdek, mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo çorasi qöllanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutkagaça muddatga ma’muriy qamoqqa olişga sabab böladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.