Rossiya va AQŞ delegatsiyalari Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarning yangi bosqiçini ötkazadi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deb xabar berdi Euronews.
Unga köra, muzokaralar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyozda 25 fevral kuni, birinçi uçraşuvdan roppa-rosa bir hafta ötgaç bölib ötadi.
AQŞ va Rossiya vakillarining birinçi muzokaralaridan söng, AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioning aytişiça, har ikki tomon uçta maqsadga erişiş böyiça keng kölamda kelişib olgan: Vaşington va Moskvadagi elçixonalarida xodimlar sonini qayta tiklaş; Ukraina böyiça tinçlik muzokaralarini qöllab-quvvatlaş uçun yuqori darajali guruh tuziş; Şuningdek, yaqinroq munosabatlar va iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini örganiş.
Muzokaralarda Ukraina rasmiylari iştirok etmadi.
Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov sözlariga köra, ayni paytda Tramp va Vladimir Putin örtasidagi şaxsiy uçraşuvga tayyorgarlik davom etmoqda. Yuzma-yuz uçraşuv çoğida nafaqat Ukrainadagi uruş, balki keng kölamli masalalarni muhokama qilinişi mumkin.









