Assalomu alaykum. Bugun 23 fevral, yakşanba. Bundan uç yil avval şu kunda qöl-qölga tegmay işlaganimiz esimda. Öşa vaqtda dunyo xuddi porox solingan boçkaning ustida turgan, boçka esa borgan sari qiziyotgandi. Bu videoni yozişdan avval öşa kuni nimalar bilan şuğullanib, qanday materiallar tayyorlaganimizni közdan keçirdim. Öşanda işxonada yotib qolib işlagandik. Orada faqat ovqatlanişga vaqt topardik.
Biz 2021 yil kuzidan boşlab Ukraina va Rossiya çegarasidagi eskalatsiya haqida tinimsiz yozib borar, bir neça yildan buyon şu mavzu içida yaşayotgan inson sifatida fevral boşidagi ritorikalar uruş boşlanişi uçun asos ekanini tezda tuşungandik.
Barçasi sal oldinroq, 21 fevralda boşlangandi. Avvaliga Denis Puşilin va Leonid Paseçnik Putinga murojaat qilib, özini mustaqil deb e’lon qilgan «Donetsk va Luhansk xalq respublikalari» mustaqilligini tan olişni söradi, Putin bu iltimosni qanoatlantirdi, keyin Rossiya boş razvedkaçisi Sergey Narişkin qovun tuşirgan, zaldagi kamera qora paket bilan yopib qöyilgan öşa maşhur xavfsizlik kengaşi yiğilişi bölib ötadi. Keyin Rossiya parlamenti mamlakat armiyasidan boşqa davlat hududida foydalanişga ruxsat beradi. Köp ötmay Puşilin va Paseçnik Putindan Kiyevga qarşi turiş uçun yordam söraydi.
Rossiya 23 fevral, Sovet armiyasi taşkil etilgan kunni katta bayram qilib nişonlaydi va şu bilan Putin keçgaça köriniş bermaydi. Xullas, voqealar 24 fevralga yaqinlaşgan sari odamning yuragi tez uraveradi, hatto hozir ham. Çunki öşa voqealar bizdan unça uzoq bölmagan sarhadlarda haqiqiy dahşat boşlanganini eslatadi.
Soat millari 24 fevralga ötganidan heç qança ötmay Sergey Lavrovning telefoni jiringlaydi. Rossiya boş diplomatiga Putin qönğiroq qiladi-da, tez orada maxsus harbiy amaliyoti boşlanişidan boxabar etadi. Ha, Lavrov «SVO» boşlanişidan birinçi bölib xabar topadi. Tongda esa Putin öşa maşhur çiqişini amalga oşiradi.
Bilasizmi, maş’um 24 fevralgaça ham köpçilikda juda kiçik bölsa-da umid bor edi. Axir ikki slavyan davlat şunday rivojlangan zamonda uruşmasa kerak degan xayol juda kiçik bölsa ham umid uçqunini öçirmay turgandi. Biroq uruşni boşlaş haqida qaror qabul qilgan odamning heç kim bilan, heç kimning umidi bilan işi yöq edi.
Köz oçib yumgunça uç yil ötib ketdi, lekin hammasi keçagina boşlanganday. Uzr, kiriş qismi çözilib ketdi. Demak, doimgidek bu yakşanbada ham ortda qolayotgan haftaning eng muhim voqealarini yodga olamiz.
AQŞ va Rossiya uçraşuvi
Hafta boşida Arabistonda AQŞ va Rossiya delegatsiyasi vakillari uçraşuv ötkazdi. Ikki tomondan ham boş diplomatlar – Marko Rubio hamda Sergey Lavrov iştirok etdi. Hozirça Ar Riyozda nimalar gaplaşilgani aniq emas, amerikaliklar bu Ukrainadagi uruş muhokamasi emas, şunçaki ikki tomonlama munosabatlarni tiklaş uçun uçraşuv deyişdi. Trampning gaplariga qaraganda bu aynan uruş muhokamasi bölgan. Agar şunday bölsa, nega Ukraina taklif qilinmadi? Bu haqida keyinroq.
Trampning Zelenskiyga tahdidlari
Haftaning eng asosiy voqeasi AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy manziliga yöllagan seriyali tahdidlari böldi. Işoning, Zelenskiyga hatto Putin bunday tahdid qilmagan. Tramp Zelenskiyni xuddi Rossiya propagandasi metodiçkalaridagi kabi qiziqçi deb atadi. Keyinroq u saylanmagan diktator ekanini iddao qildi. Vaholanki, Trampning Zelenskiyga nisbatan munosabati yaqin-yaqingaça bunaqa radikal emasdi. Oldingi prezidentlik muddatida Tramp Zelenskiyga hammaning oldida rahmat ham aytgan. Bu juda uzun mavzu, fursat bölsa, unga alohida töxtalarmiz.
Darvoqe, biz Trampning tahdidlari haqida alohida video tayyorladik, uni körsangiz, mavzuni yaxşiroq tuşunib olasiz.
500 milliard dollarlik nafrat
Tramp nega Zelenskiyni bunçalik yomon körib qolgani esa keyinroq ma’lum böldi. AQŞ naşrlariga köra, amerikaliklar Myunxen konferensiyasida Zelenskiyga Ukraina qazilma boyliklaridan tuşadigan foydani bölişiş böyiça Trampning taklifini yetkazgan. Öşa kelişuvda Ukraina barça nodir metallar savdosidan tuşadigan pulning yarmini AQŞga berişi, yetmaganiga Vaşington Ukrainadagi gaz, neft zaxiralari, savdo portlari ustidan nazorat örnatişi qayd etilgan. Tramp AQŞ Ukrainaga bergan qurol-yaroğ pulini şu tariqa qaytarişi kerak deb hisoblaydi.
Zelenskiy bu kelişuvni imzolaş Ukrainani sotiş ekanini aytib, uni ommaviy tarzda rad etadi. Şundan keyin Trampning Zelenskiyga nisbatan tahdidli çiqişlari avj oldi.
21 fevral kuni Tramp bu borada oçiğini aytdi: «Ukraina mineral resurslar haqida kelişuvni imzolamasa, ularda muammo paydo böladi». Bu gap nimani anglatişini tuşuntiriş şartmas, menimça.
Kit Kellogning Kiyevga taşrifi
Ötgan haftada Donald Trampning Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog Kiyevda Zelenskiy bilan uçraşdi. Ukraina prezidenti bu uçraşuv AQŞ bilan hamkorlikni davom ettirişga umid uyğotganini aytdi.
Trampning maxsus vakili öz sahifasida yozgan postiga e’tibor berişingizni sörardim: «Uruşdagi mamlakatning jasoratli rahbari Volodimir Zelenskiy va milliy xavfsizlikni ta’minlagan iste’dodli jamoasi bilan ijobiy muhokamalar böldi», deb yozdi general Kellog.
Tramp Zelenskiyni qiziqçi-yu, diktator deb atayotgan vaqtda uning maxsus vakili Ukraina prezidentini jasoratli rahbar deb atadi. Darvoqe, Tramp Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça AQŞning asosiy vakili etib davlat kotibini, biror qarindoşi yoki jiyanini emas, aynan general Kellogni tayinlagan. Janob Kellog Trampdan söramay Zelenskiyni jasoratli odam deb atay olarmikin?
Ğazodagi vaziyat: HAMAS jasadlarni adaştirib yubordi
Falastinning Ğazo bölgasida HAMAS va Isroil örtasida öt oçişni töxtatiş rejimi davom etmoqda. Hozirça hammasi joyida deyiş mumkin. Biroq ortda qolgan haftada kelişuv bekor bölişiga bir baxya qoldi. Gap şundaki, HAMAS kelişuvga köra 20 fevral kuni isroillik 4 asirning jasadini qaytardi. HAMAS bu gal ham asirlarni qaytariş jarayonini şouga aylantirdi. Harakat jangçilari Qizil Xoç maşinalariga olib borgan 4 tobutda 7 oktyabrdagi hujum vaqtida asir olingan 83 yoşli Oded Lifşits, Nir-Oz kubitsasida asir olingan isroillik ayol Şiri Bibas va uning biri 4 yaşar, biri 9 oylik gödaklari jasadi bölişi kerak edi. Jasadlar parçalanib ketgani uçun Isroil ularning şaxsini DNK orqali aniqlaştirib oladi.
Test natijalari çiqqaç tobutdagi ayol Şiri Bibasga tegişli emasligi aniq böldi. Uning örniga boşqa falastinlik ayol jasadini solib yuborişgan. HAMAS bu tuşunmovçilik sabab sodir bölganini bildirdi, lekin Isroil jasad boşqa bölgani uçun kelişuvni bekor qilişini aytdi. HAMAS keyinroq Şiri Bibasga tegişli jasadni qaytardi. Bu gal jasad aynan unga tegişli ekani aniq böldi.
HAMAS ayol va bolalari Isroil raketa zarbasi vaqtida halok bölganini bildirdi. Isroil esa ular asirlikda qiynab, böğib öldirilganini ma’lum qildi. Uruş holatida har ikki tomonning ma’lumotlarini tekşira olmaymiz, lekin aniği şuki HAMAS negadir asir olgan isroillik ayol, uning emizikli çaqaloği va 4 yaşar gödagi johil odamlar boşlagan mantiqsiz uruş sabab falastinlik minglab gödaklar kabi azoblanib halok bölgan.
Fransiyada favqulodda yiğiliş
AQŞning milliarder prezidenti Donald Tramp boyvaçça dösti Ilon Mask bilan birga dunyo siyosatining oyoğini osmondan qilayotgani fonida Yevropa xavotirga tuşib qoldi. Axir Trampning vitse-prezidenti Jyey Di Vens Myunxen konferensiyasi vaqtida oçiqçasiga Yevropa ortiq AQŞning ittifoqçisi emasligiga işora qildi. Rossiya va AQŞ Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarda Yevropaga joy yöq ekanini oçiq aytişdi.
Töğri, Yevropa farovonlik, aholining yaşaş tarzi böyiça AQŞdan ortda emas, qaytanga oldinda desak ham böladi. Biroq harbiy qudrat borasida bunday emas. Yevropa davlatlari Ikkinçi jahon uruşidan keyin heç kim qit’ada uruş boşlamaydi deb öylab, asosiy pulni texnologiyalar, aholi hayot tarzini yaxşilaşga sarfladi. Ha, qurol-yaroğ ham işlab çiqarildi, istalgan turdagi zamonaviy qurollar Yevropada topiladi, Britaniya va Fransiyada yadro quroli ham bor. Biroq armiyaning jangovar tayyorgarligi borasida bunday deb bölmaydi.
Yevropa NATO tuzilganidan keyin uruş bölsa, AQŞ ularni himoya qilişga qattiq işonib, armiyaga e’tibor bermay qöygan. Masalan, hozir Yevropada Finlandiyadan boşqa majburiy harbiy xizmat joriy qilingan davlat yöq. Finlarni aynan şu uçun jon-jon deb NATOga qöşişdi.
Endi Makron boşçilik yevropaliklar AQŞ ulardan yuz ögirgan bir vaqtda birgalikda himoyalaniş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqişga kirişdi. Ular eng avvalo Ukrainaga mustaqil tarzda harbiy yordam berişga kelişib oldi. Hatto Yevropada NATOga öxşagan alohida harbiy tuzilma ham yaratilişi mumkin. Yevropa kimdan himoyalanişga bunçalik çoğlanayotganini esa yaxşi bilasiz.
Isroilda avtobus portlaşi
Isroil poytaxti Tel-Avivda uçta böş avtobus portlatildi. Yana ikkita avtobusda portlamay qolgan bomba topilgan. Politsiya axborotiga köra, bu katta ehtimol teraktga tayyorlaniş bölgan. Hodisadan keyin Isroildagi barça jamoat transportlari faoliyati töxtatilib, ulovlarni tekşiriş boşlangan.
Yevropa ötinli peçlarni taqiqlamoqçi
Yevropa Ittifoqi qit’adagi ekologik holatni yaxşilaş uçun yangi çoralar izlamoqda. Yangi qonun loyihasiga köra ittifoqqa a’zo davlatlarda ötinda isiydigan peçlar taqiqlanişi mumkin. Biroq bu taklif hammaga ma’qul emas, xususan, Şarqiy Yevropa davlatlariga. Latviya energetika vaziri Kaspars Melnisning aytişiça, mamlakat ötin yoqişni taqiqlay olmaydi, çunki juda köp fuqarolari şu tarzda isinişga majbur. Uning sözlariga köra, Latviyadagi 41 foiz uy xöjaliklarida isitiş uçun ötin yoqiladi.
Latviya Yevrokomissiya bilan uşbu masala muhokamasi vaqtida boşqa çoralarni taklif qilişini bildirgan. Bu borada mamlakatda butun boşli dastur işlab çiqilgan. Unga köra, davlat ötin yoqadigan xöjaliklarga quyoş panellari, quyoş nurida işlaydigan kollektorlar, issiqlik nasoslari va boşqa isitiş uskunalari örnatiş uçun moddiy yordam beradi.
Yevropada issiqlik nasoslari ommalaşmoqda
Isitiş mavzusini davom ettirsak. Tobora köproq yevropaliklar uylarini isitiş uçun issiqlik nasoslaridan foydalanmoqda. Biroq bu juda qimmat uskuna, örtaça 10 ming dollar turadi. Uning eng asosiy ustunligi esa elektr energiyasini tejaşi va ekologik tozaligida. Şu uçun davlatlar uyiga issiqlik nasoslari örnatadigan xöjaliklarga subsidiya berişni oşirdi. Masalan, Britaniyada uyingizga issiqlik nasosi örnatadigan bölsangiz, davlat sizga 7,5 ming funt subsidiya beradi. Bu qimmatroq, taxminan 15 ming funt turadigan uskuna uçun. Oddiyroq nasos qöydirsangiz, 5 ming funtini davlat tölab beradi.
Qit’ada eng köp issiqlik nasoslari Fransiyada örnatilgan. Parij bunday ekologik toza uskuna örnatadiganlarni moliyalaştiriş uçun butun boşli dastur işlab çiqqan. Unda 500 ming xöjalikni issiqlik nasosi bilan ta’minlaş közda tutilgan.
Şotlandiyadagi ğaroyib novvoyxona
Bugungi dasturga ham men yaxşi köradigan qahramon, Villiam Uols yurti Şotlandiyadan xabar topib keldim. Şu kunlarda şotlandiyalik ğaroyib novvoyxona haqida reportajga közim tuşdi. Xullas, Tom Kirbi degan novvoy ança yillar avval Bread Club (non klubi)ga asos solgan. Loyihaga köngilli novvoylar jalb qilinib, ular ommaviy boğlarda, yöl çekkalarida ekilgan buğdoydan un qilib, non pişirişgan. Keyin nonni Edinburgning çekkaroq qismidagi dökonga olib borib, qança puling bölsa, berib, istagança non olib ketaver, deb yozib qöyişadi.
Tez orada bu loyihani qöllaydiganlar topiladi, kimdir un olib keladi, kimdir şundoğam boşqa joydan olayotgan noni uçun mana şu klubdagilarga buyurtma beradi. Taşkilotçilar hamma eng yaxşi nonni iste’mol qilişga haqli deb hisoblagani uçun şunday işga qöl urganini aytadi.
Bu taşkilotçilar non tarqatişdan taşqari har hafta Edinburgda imkoni yöqlar uçun bepul ommaviy tuşlik taşkil qilişadi. Körgan bölsangiz, Jyeyson Stenhemning «Kolibri effekti» degan kinosida şunday ovqat tarqatiş tasvirlangan. Taşkilotçilarning aytişiça, oxirgi vaqtlarda mana şunday xayriya tuşliklariga kelib juda köp pul berib ketadigan mijozlar köpaygan.
Ana şunaqa gaplar. Bejizga körsatuvni non haqida yangilik bilan tugatmayapmiz. Bugungi uruş zamonida, qimmatçilik avj olayotgan davrda heç kimning dasturxonidan non arimasin. Haftalik dayjest körsatuvi bilan keyingi yakşanbada körişgunça.
Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.







