Şavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni Ömon sultonligi taşqi işlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, suhbat avvalida vazir Özbekiston prezidentiga Ömon sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va maktubini yetkazgan.
Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi şeriklik salohiyatini röyobga çiqariş masalalari körib çiqilgan.
Idoralararo va işbilarmonlik aloqalari faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Şuningdek, Özbekiston—Ömon investitsiya kompaniyasi portfelini yangi kooperatsiya loyihalari hisobiga kengaytirişga alohida e’tibor qaratilgan. Joriy yil aprel oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi va qöşma biznes forumi ötkaziladi.
Bundan taşqari, parlamentlararo aloqalarni, madaniy-gumanitar almaşinuvni rivojlantiriş, töğridan töğri aviaqatnovni yölga qöyiş muhimligi ta’kidlangan.

Mintaqaviy kun tartibi, şu jumladan, may oyida Samarqand şahrida ötkaziladigan «Markaziy Osiyo — Körfaz davlatlari» muloqotining ikkinçi sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almaşilgan.








