Avstraliyalik oila kir yuviş maşinasida ilon topib oldi. Ular darhol ilonlarni tutiş taşkilotiga murojaat qildi. UPI xabar berişiça, bu sayyoradagi eng zaharli sudralib yuruvçilardan biri bölgan.

Modslendda yaşovçi oila tasodifan unça katta bölmagan ilonni uçratgan. Mutaxassislar bu törsimon qönğir ilon ekanini aniqlagan. Bunday turdagi ilonning zahri quruqlikda yaşovçi barça ilonlar orasida taypandan keyin ikkinçi örinda turadi.

Ilon xonaga qanday kirib qolgani noma’lum. Mutaxassislar uni qölga olişga muvaffaq böldi, heç kim jabrlanmadi. Uşbu turdagi ilonlar agressiv xatti-harakatlari bilan maşhur. Ular raqib bilan töqnaşişdan qoçişga urinadi, ammo agar bezovta qilinsa, özlarini himoya qila boşlaydi.

Törsimon qönğir ilonlar uzunligi 1,8 metrgaça yetişi mumkin. Agar öz vaqtida tibbiy yordam körsatilmasa, bunday ilon çaqqan odam ölişi mumkin. Sudralib yuruvçilarning bu turi Avstraliyaning şarqiy qirğoqlarida keng tarqalgan.

Avvalroq Avstraliyadagi uy hovlisidan 100 dan ortiq zaharli ilon topilgandi. Ular hovliga tökilgan barglar uyumiga in qurib olgan. Ilonlardan biri uy egasining itini çaqib olmagunça ularni heç kim sezmagan.